Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Maktab ta’limiga tayyorlashning o’ziga xosligi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə13/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

1.Maktab ta’limiga tayyorlashning o’ziga xosligi

Ma’lumki, bola shaxsi va uning shaxsiy psixologik xususiyatlari

qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi

natijasida

emas, balki muayyan konkret omillarning qonuniy

ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Ana shu muhim qonuniy

tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar

psixologiyasi shug‘ullanadi

Bolalar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy

huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning

o‘rni va javobgarligi muhim hisoblanadi. Shunga muvofiq

so‘nggi yillarda «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat

talablari» (2017-yil, 9-iyun, 5-mh son) maktabgacha ta’lim

tayanch dasturi, «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim», «Bola

huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya» kabi hujjatlarga asoslanish

bola shaxsini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.

«Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari»

maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida

har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish,

ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab

ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.

Davlat talablari:

– davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

– nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

qisqa muddatli guruhlar;

– 7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari

va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat talablarining vazifalari:

– bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;

– bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib

shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini

uyg‘otish;

– bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral

ta’limni tashkil etish;

– shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;

– bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va

umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan

tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

– bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning

ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga

amaliy

jihatdan ko‘maklashish;



– bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik,

intellektual,

jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda

rivojlantirish;

– bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;

bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik

xislatlarini shakllantirish;

– bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish;

– bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy

xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’limtarbiya

jarayonini tashkil qilish.

Davlat talablari quyidagi sohalar bo‘yicha belgilanadi:

– jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni

shakllantirish;

– ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;

– nutq, savod, o‘qish va chet tillarini o‘rgatilishiga tayyorlash;

– bilish jarayonini rivojlantirish;

– badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.

Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi

yo‘nalishlarga bo‘linadi:

– ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini

shakllantirish;

– bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi;

– bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish;

– xavfsizlik asoslarini shakllantirish.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin