Virtual auditoriya (sinf, guruh o‘quvchilari) - masofali o‘qitish sharoitida o‘q uvchilar guruhi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish. Virtual auditoriya - bir-birlari va o‘qituvchi bilan interfaol ta’sir qilish imkoniyati mavjud, masofali o‘qitish texnologiyasidan foydalaniladigan va ma’lumotlar uzatish kanallari bilan birlashtirilgan o‘zaro ajratilgan ishchi joylar to‘plami hisoblanadi.
Virtual universitet(maktab) - axborot - ta’lim muhiti, boshqarish bloklari va virtual ta’lim muassasasini boshqarish yig‘indisi. Bugungi kunda virtual (elektron, tarmoqli) kutubxona, virtual muzeylar ham mavjud [6].
4.2.Informatika ta’limida masofali ta’lim texnologiyalari, Web texnologiya va mobil texnologiyalari. Ta’lim – bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir
Masofaviy o‘qitish– eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuasidir. Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi [56] .
Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘quv kurslari to‘plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‘quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.
Parallellik– o‘quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
Keng qamrovlilik – ko‘p sonli o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida katta o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zaxiralariga murojaat qila olishi.