Mazmuni dalillar nazariy qonuniyatlar; ko'nikmalar, baholanadigan metodik bilimlar
O'qishni tashkil etishning asosiy shakli - bu dars (ko'pincha aralash dars)
Ta'limni tashkil etishning turli shakllari: dars, tabiatda dars; amaliy, seminar, ma'ruza; konkurs dars, konferensiya darsi, fanlararo dars, integratsiyalashgan dars va h.k.
Bilim va ko'nikmalarni nazorat (joriy, kam hollarda yakuniy)
O'quv natijalarini nazorat qilish majburiyligi turli xil (joriy, yakuniy) va har xil shakllar (sinov, test, o'yin, matbuot anjumani va boshqalar). O'z-o'zini nazoratqilish, o'zini-o'zi baholash
O‘qitish texnologiyalari turlarigabiz, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, hamkorlik ta’limi, loyihaviy ta’lim texnologiyalari, o‘yinli ta’lim, muammoli, modulli ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim, integratsiyali ta’lim, interfaol ta’lim texnologiyalarini kiritishimiz mumkin [39].
O‘qitish texnologiyalarida maqsadni belgilash. Maqsad - bu pedagogik faoliyatning oldindan mo'ljallangan natijasi. Maqsadlarni belgilas va amalga oshirish jarayonlari murakkab va ko'p qirrali. Maqsadning mavjudligi, shubhasiz, o'z-o'zidan kerakli natijaga olib kelmaydi, ammo aynan o'qituvchi va talabaning ta'lim olib borishga bo'lgan xohishini kuchaytiradi. A.V. Xutorskoy ta'kidlanganidek, "O'qitishdagi maqsadlarni belgilash bu o'qituvchi va o’quvchilar tomonidan ma'lum ta’lim bosqichlarda o'rganishning asosiy maqsad va vazifalarini belgilashdir”. Bu talabalarning o'quv faoliyatini loyihalashtirish uchun zarur va tashqi ijtimoiy buyurtma, ta'lim standartlari, ichki o'quv muhitining o'ziga xos xususiyatlari - bolalarning rivojlanish darajasi, ularni o'rganish motivlari, o'rganilayotgan mavzuning xususiyatlari, mavjud o'quv qo'llanmalari, o'qituvchining pedagogik qarashlari va boshqalar bilan bog'liq .
O’qitish texnologiyalarining maqsadi- o’quvchilarning yangi bilimlarni ijodiy, mustaqil o'rganish imkoniyatlarini rivojlantirishdir. Bunday rivojlanishning asosi ijodiy va tanqidiy fikrlashni, o'quv tadqiqot tajribasi va vositalarini maqsadli shakllantirish, rol o'ynash va simulyatsiya modellashtirish, o’z shaxsini jamiyatdagi o’rninini aniqlashdir. Dars va o'quv natijalari shaxsiy xarakterga ega.