12.2. O‘qitish texnologiyalarining shakl va vositalari. O'qitish texnologiyasi - ta’lim maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradigan, nazariy asoslangan, ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning vosita va usullar to'plamidir [74].
O'qitish texnologiyasi o’quv jarayonining ilmiy jihatdan loyihasini o’zida mujassam etib, bunda o’quv maqsadlari aniq belgilanadi, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va erishilgan natijalarni yakuniy baholash imkoniyati ta’minlanadi. XX asrning 60-70-yillarida ushbu tushuncha o’qitishning texnik vositalari(O’TV), hozirda esa, pedagogik texnologiyalar, ta’limda axborot texnologiyalari va hokazo ko’rinishlarda e’tirof etilmoqda
O'qitish texnologiyasi bir-biriga bog'liq bo'lgan quyidagi qismlardan iborat:
Informatikadan o’quv jarayonini tashkil etishda o’qituvchining individual harakat usullarini amalga oshirilishi ishlab chiqilgan ko’rsatmalar (didaktik jarayon);
Informatikadan o’quv jarayonini amalga oshirishning tashkiliy shakllari (o’qitish shakli);
Informatikadan o’quv jarayonini amalga oshirishda ishtirok etadigan vositalar (o’qitish vositasi)
12.1 - rasm. O'qitish texnologiyasini tashkil etuvchi qismlar
Informatika fanidan ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari, o'quv dasturlari va darsliklar didaktik jarayonda oldindan belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
Informatika fanini o’qitish shakli deganda biz ta’lim jarayonida sodir bo‘ladigan tashqi sharoitlar majmuini tushunamiz (12.2 - rasm).
12.2 - rasm. O’qitish shakllari
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi, o‘quv materiallarini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari deyiladi (12.3-rasm).
12.3-rasm. Ta’lim vositalari
Dostları ilə paylaş: |