Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o
Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish. Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari tadbirlarda soha fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish lozim. Informatika o‘qituvchisi soha fidoyilari bilan uchrashuvni loyihalashtirishi uchun quyidagicha ish yuritadi:
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k.
Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. Nom tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim, fidoyingmiz ona Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”, “Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”, “Mehnat baxt keltirar” va h.k.
Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: Guruh bo‘lib chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar tomonidan maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar tayyorlanadi. Masalan [42]:
nega siz shu kasbni tanlagansiz?
kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan?
ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi?
siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz?
Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bu bosqichda uchrashuv o‘tkazilish jarayoni amalga oshiriladi. Uchrashuvning namunaviy loyihasi quyidagicha bo‘lishi mumkin (17.4-jadval)
Soha fidoiysi, mehnat faxriysi bilan uchrashuv loyihasi (17.4-jadval)