N. A. Kayumova


Informatika fani oyligida Viktorina tashkil etish



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə87/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

Informatika fani oyligida Viktorina tashkil etish. Viktorina – bu birori bilim sohalarining og'zaki yoki yozma savollariga javoblar topishdan iborat o'yili jarayon. Viktorinalar qisqa ko‘rinishidan dars jarayonida ham foydalaniladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda esa savollar muammoliroq, murakkabroq va soni ham darsdagidan ko‘proq bo‘ladi [91].
Viktorina ni tashkil etish o‘qituvchi ijodkorligiga bog‘liq bo‘li, bir-biridan savolning turi va murakkabligi, g'oliblarni aniqlash tartibi va to'g'ri javob uchun beriladigan ballar, rag‘batlantirish usullari, oldindan belgilangan qoidalar bilan farq qiladi.
Informatikadan Viktorinani loyihalashtirish.
1.O‘qituvchi viktorina o‘tkaziladigan guruhlarni aniqlaydi.
2.Viktorina savollarini tuzadi va viktorina o‘tkaziladigan kunni, qanday mavzular asosida o‘tkazilishini oldindan e’lon qiladi.
3.E’lon qilingan kuni darsdan keyin o‘qituvchi va o‘quvchilar viktorinada savol-javobga qatnashadigan guruh va tomoshabin o‘quvchilar yig‘iladi
4. Tomoshabinlardan baholovchi ekspertlar tanlanadi.
5. Ikki guruh (ikki parallel sinf)o‘rtasida viktorina savollari ketma-ket beriladi.
6.Ekspertlar tomonidan ballar qo‘yilib, faol guruh aniqlanadi.
7.Qatnashuvchilar ”Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol guruh”, “eng tezkor o‘quvchi” kabi nomlar bilan rag‘batlantiriladi.
R ag‘batlantirish maktab ma’muriyati, tadbirkorlar, otaliq tashkilotlar, faol ota-onalar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, qiziqarli kitoblar, ruchkalar, o‘quv qurollari va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi ham mumkin.
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari

  1. Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlar boshqa fanlarning darsdan tashqari mashg‘ulotlaridan qanday farq qiladi?

  2. Informatika va matematika fanlaridan hamkorlikdagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar qanday tashkil etiladi. Loyihasini tuzing!

  3. Informatika va fizika (ona tili, kimyo va boshqa.) fanlaridan hamkorlikdagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar loyihasini tuzing!

  4. Ushbu qo‘llanmada keltirilmagan yana qanday darsdan tashqari mashg‘ulotlari mavjud yoritib bering!

  5. Informatikadan 9-sinf va 10-sinf darsdan tashqari mashg‘ulotlari loyihalashtirish qanday farq qiladi? Loyihalashtiring va tushuntirib bering!

  6. Informatikadan viktorinani rejasi berilgan uni loyihalashtirish bosqichlariga asosan loyihalashtiring!

  7. Informatikadan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni loyihalashtiring!

  8. Informatikadan “Zakovat” klubini tashkil etishni loyihalashtiring!




Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin