N. A. Kayumova



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə20/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

Kasbiy faoliyat davomida informatika o‘qituvchisi o‘rganilgan bilimlarni bevosita amaliyotda qo‘llaydi. Bu davrda o‘qituvchi:

  • o‘quv, mustaqil ta’lim jarayonini, ma’naviy-tarbiyaviy, darsdan tashqari ishlarni, tashqil etishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydaladi;

  • ta’lim jarayoni uchun elektron ta’lim vositalari, nazorat etuvchi vositalarni ishlab chiqib, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.

  • faoliyati davomida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari, metodlar va ta’lim vositalaridan unumli foydalanadi;

  • pedagogik faoliyatda mustaqil qarorlar chiqarish, ta’limga kirib kelayotgan zamonaviy ta’lim metodlari va vositalaridan xabardor bo‘lib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasbiy faoliyatini loyihalashga erishishi kerak bo‘ladi.

Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchisi ta’limni axborotlashtirish va boshqarish bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qiydi, shuningdek, o‘z faoliyati davomida innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, yangi dasturiy vositalar, ulardan foydalanishda ijodiy faollik, kreativlikni rivojlantiradi, o‘qitadigan fani bo‘yicha mavzularni innovatsion pedagogik texnologiya va interfaol usullarni tatbiq etish bo‘yicha loyihalashni, shuningdek, o‘z innovatsion faoliyatini keng targ‘ib etib borishni o‘rganadi.
Informatika fani o‘qituvchisining tayyorlash davrida asosiy e’tiborni boshqaruvchanlik faoliyatini shakllantirishga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Boshqaruvchanlik faoliyati didaktik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib u: dars va darsdan tashqari faoliyatning modelini tuzishda, darsni loyihasini tuzishda maqsadni va vaqtni to‘g‘ri belgilashda, darsni loyihalashtirishda, texnologik xaritalarni tuzishda, tugallangan dars jarayonini tahlil etishda, nazoratlash va baholash vositalari (test,kompyuterli test, o‘z-o‘zini baholash va h.k.)dan o‘rinli foydalanishda, dars natijalarini tashxislash jarayonlarida o‘z aksini topadi [36].
I nformatika o‘qituvchisi bunday faoliyatlarni amalga oshirishda o‘qitishning innovatsion metodlari, internet, web texnologiyalari, bulutli texnologiyalar va mobil texnologiyalaridan ham foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.

Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin