Testlarning turlari. Test topshirig‘ining turlari 3.2-rasmda keltirilgan bo‘lib testning quyidagi turlarini tuzish mumkin.
Ochiq turdagi testlar. Berilgan savolga talaba erkin javob bera oladigan bo‘lsa, test topshirig‘i ochiq shaklga ega bo‘ladi.
Misol. 1.Nima uchun pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash kerak?___________________________________________ _________________________________________________________________
16.2 - rasm. Informatikadan testlarning turlari
Yopiq turdagi testlar. Test topshiriqlari sifatida berilgan savol, topshiriqqa turli variantlardagi javoblarni nazarda tutuvchi test
Muqobil (mantiqiy) test. Bunday testlarda javoblarning bir-biriga qarama-qarshi ikki varianti («ha» – «yo‘q», «to‘g‘ri» – «noto‘g‘ri» va h.k.) mavjudligi nazarda tutiladi.
Misol. 2. Internetdan foydalanish uchun modem kerakmi?
a) Ha b) Yo‘q To‘g‘ri javob: a)
Moslashtirish testlari. Ularning mohiyati bir ko‘p sonli elementlarining boshqa ko‘p sonli elementlarga muvofiqligini aniqlash zaruratiga asoslangan. Bu ikki ro‘yxat bir-biriga moslashtiriladi.
1-ro‘yxat 2-ro‘yxat 1. “Matn muharriri dasturi”-... A) MS Access;
Ta’riflash testlari. Bunday testlarda odatda ta’rif keltirilib unda nima ta’riflanayotganligini talaba tomonidan topish talab etiladi.
Misol. 1.Ovoz, matn, rasm va boshqa qo‘shimcha elementlardan tashkil topgan tuzilishga ega matn-bu.......
A) asosiy matn
B) gipermatn
S) oddiy matn Javob: B) gipermatn
Esse testlari(esse-erkin fikrlab yozilgan, uncha katta bo‘lmagan nasriy bayon). Bu tipdagi testlarda savol matn yoki tasvir qo‘rinishida bo‘lib, talaba o‘zining individual qarashlarini mustaqil, ijodiy yondashib unda bayon etadi. O‘qituvchi uni o‘qib, baholaydi, izoh yozadi [61].
Misol. 1.Siz kelajakda o‘z ish o‘rningizni qanday tasavvur etasiz?