birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish
va shu yo’l bilan xudoga qo’shilishni oliy maqsad, deb biladilar.
Har bir inson o ’zida Krishnani anglash qobiliyatini
rivojlantirishi
mumkin. Buning uchun bir qancha harakat shakllarini o ’z ichiga olgan
va xudoga muhabbatni rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy
anglashga sho’n g ’ishga qaratilgan bxakta-yoga mashqlar tizimi ishlab
chiqilgan. Ayni paytda, inson o ’zini moddiy
ehtiyojlardan xoli qilishi,
go ’sht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalaming barchasi, jumladan,
spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy iste’mol qilish, nikohsiz jinsiy
hayot kechirish va qimor o ’yinlardan
voz kechishi zarur, deb
hisoblanadi.
Krishnachilikda
meditatsiya
deb
ataluvchi,
ibodatxonada
o ’tkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus
harakatlar, Sankirtana - birgalikda xudo Krishnani "Xare Krishna, Xare
Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama,
Xare, Xare" degan, maxamantra ("ozod b o ’lishning buyuk qo’shig’i")ni
kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi.
Bulaming hammasi,
ularning ta’biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish,
butun diqqat-e’tibomi xudoga nisbatan muhabbatga yo’naltirish uchun
bajariladi.
"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o ’z ergashuvchilarining
mol-mulklarini
jam iyat
hisobiga
xayr-ehson
qilishlari
hamda
ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o ’tishlari rag’batlantiriladi. Bu
ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi.
Jamoa a ’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.
Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o ’tgan
asming
70-yillarida
boshlangan.
Ular
tomonidan
amalga
oshiriladigan
targ’ibotchilik harakatining o ’ziga xos xususiyatlari qatorida k o ’chalarda
ibodat kiyimlarida yurib qo’shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish,
"Hayot uchun ozuqa" deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish
aktsiyalari o ’tkazilishini ko’rsatish mumkin. Bunday harakatlaming
asosiy ob’ektlari sifatida odatda talabalar, maktab o ’quvchilari,
qariyalar
va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.
145