kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini in’om etishini
targ’ib qila boshlagan.
Bobning yirik izdoshlaridan biri Mirza Husayn Ali Nuriy (1817-
1892) 1863 yilda Bob bashorat etib ketgan xudoning elchisi uning o ’zi
ekanini e ’lon qiladi va Bahoulloh, y a’ni "Allohning jilosi" nomini oladi.
Ushbu yo’nalishnning nomi ham Bahoullohning nomidan olingan.
Bahoulloning "Kitobi Aqdas" ("Eng muqaddas kitob") va "Kitobi
Iqon" ("Mustahkam ishonch kitobi") asarlari bahoiylik ta’limotining
asoslarini tashkil etadi. Y o ’nalish asoschisi o ’ziga islom dini e ’tiqodiga
ko ’ra, olamlaming Yaratuvchisi bo ’lgan "Allohning jilosi" nomini qabul
qilgan bo’lsa-da, bahoiylar aqidasiga ko ’ra,
bahoiylik mustaqil din, u
biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, mazhab ham emas, deb
hisoblanadi.
Bahoiylik Hindiston, Uganda, Keniya, Eron, Misr, AQSh,
Kanada
kabi
qator mamlakatlarda
tarqalgan.
Hozirgi
vaqtda
dunyoda
bahoiylaming 9 ta ibodat uyi, 200 ga yaqin milliy hamda bir qancha
mahalliy diniy majlislari mavjud.
Bahoiylaming umumiy miqdori
taxminan 6 million kishini tashkil etadi.
Bahoiylik ta’limotiga ko’ra:
- barcha dinlar bir ildizdan paydo bo’lgan va payg’ambarlar
birodar hisoblanadi;
- Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad payg’ambarlardan tashqari
Budda, Zardusht, Krishna, Bob va Bahoulloh ham payg’ambar
hisoblanadi. Bahoiylikda ular eng buyuk 9 ta payg’ambar sifatida e ’tirof
etiladi;
- xudo har ming yilda Er yuziga yangi payg’ambar tushiradi;
- jannat va do’zax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi;
- hozirgi barcha dinlar bir-birini inkor qiladi,
shuning uchun ham,
ulami birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlami y o ’qotish lozim.
Bahoiylar da’vosiga k o ’ra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik
bajarishi lozim.
- Vatan, millat degan tushunchalar m a’nisiz hisoblanadi. Zero,
ulaming fikricha, Eryuzining ham m ajoyi Vatan hisoblanadi.
141
Bahoiylikda ruhoniylar yo’q. Mahalliy jamoalami yilda bir
marotaba 21 aprel kuni yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadigan 9
kishidan iborat Mahalliy diniy majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik
jamoasi mavjud bo ’lgan har bir davlatda M illiy diniy majlis saylanadi.
O ’z navbatida M illiy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat bo’lgan
Umumjahon Adolat Uyi a ’zolarini saylaydilar. Har besh yilda
saylanadigan
Umumjahon
Adolat
Uyi
umumjahon
bahoiylar
jamiyatining faoliyatini boshqarib boradi.
Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat b o ’lgan
diniy
taqvim qabul qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha a ’zolari ibodat
qilish, jamoa bilan bog’liq ishlami muhokama qilish, o ’zaro birodarlik
aloqalarini mustahkamlash uchun yig’iladilar.
Kuniga uch marta Isroilning Akka shahriga qarab ibodat qilinadi.
Umumiy ibodat duo o ’qish, meditatsiya
hamda bahoiylikning asosiy
kitoblari va jahon dinlari muqaddas kitoblaridan matnlar o ’qish orqali
amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 20 martgacha bahoiylar kun
chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan o ’zlarini tiyib, ro ’za
tutadilar.
Bahoiylaming muqaddas ibodatxonasi Akka shahrida joylashgan.
Xayfa shahri muqaddas shahar hisoblanib,
dunyo bahoiylarining
ziyoratgohi hisoblanadi. Bu erda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda
bahoiylikning rahbarlik organi sifatida tashkil etilgan Umumjahon
Adolat Uyining qarorgohi joylashgan.
Dostları ilə paylaş: