Uhud jangidan keyin Muhammad payg’ambar rahbarligida atroflardagi badaviy arablari musulmonlikka dohil qilindi, jamoa mustahkamlandi. Payg’ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo’mondon (lashkarboshi), ham ma’muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi. Hijratdan keyingi o’tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlami takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va 85
ular keyinchalik islom shariatida mustahkam o’rin egallaydi.625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi (Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o ’tilgan. Mukammal yangi qonun-qoidalar (4- suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ulaming oilalari haqidagi qoidalar vahiy etilgan (4- suraning 71-104-oyatlari). Shuningdek, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda to’qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo’lgan edi. Ulardan qolgan tul xotinlaru etim bolalaming turmushi va ta’minoti masalasi paydo bo’lgandi. Etimlar va bevalami boqish, tarbiyalash maqsadida to’rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo’lsa bitta xotin olsin, hatto o ’z cho’risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolami hal qilish zaruriyati yotadi. Bu masalada musulmonlarga ibrat bo’lish uchun payg’am-baming o ’zi Uhud jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart