beshta aqida:
tavhid (yakka
xudolik), adl (adolat), nubuw at (payg’ambarlik), imomat (imomlar
hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining kelishi va o ’lganlaming
tirilishi)ni tan olishdan iborat.
94
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislami to ’plash tugallangan.
To’plangan hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon
olamida olti muhaddis (hadis to’plovchi) mashhur bo’lgan. Shulardan
uchtasi Markaziy Osiyo-dan chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo’lisi
va mashhuri Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar)
dir. U Buxoroda tug’ilib, shu erda o ’z davri ilmlarini, ayniqsa, diniy
bilimlarini
har
tomonlama
o ’rgangan.
So’ng
o ’z
bilimlarini
mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, B og’dod, Damashq,
Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda
ko ’p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar
to ’plagan, so’ng Buxoroga qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan.
Uning maqabarasi hozir ta ’mirlangan va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko ’p meros qolgan. Uning islom
dinshunosligiga oid 20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. “Al-
Jome’-Sahih”, “At-tarix al-Kabir”,”At-tarix as-sagir”, “Al-Adab al-
Shufrad” kabilar shular jumlasiga kiradi.
“Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim
ikkalalarining ikki sahih kitobi paydo b o ’lgach, olimu muhaddislar juda
nozik did bilan tekshirib, bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli
ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning kitobi Qur’oni Karimdan keyin
Islomning ikkinchi manbasi, “Eng oliy va eng sahih» manba deb shu
ikki kitobni tasdiqladilar” 10.
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to ’rt
jildli “A1 Jome’ al-Sahih” “Sahih- al-Buxoriy” nomi bilan ham
m a’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo’lib, 3450 bobni o ’z ichiga
oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan ortiqroq hadis to’plab, bulardan
7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy to’plamiga haqiqiy
bilgan hadislamigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson uchun
tarbiyaviy ahamiyati, uning m a’naviy yuksalishi, pokligi, donoligi,
yaxshi-yomonni ajrata bilishi kabi g ’oyalar bayon etilgan.
Hadislaming asosiy maqsadi: do ’stlik, adolat, o ’zaro yaxshi
munosabatlami mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil
Buxoriy “Sahih”ning hozir to ’rttala jildi o ’zbek tiliga tarjima qilinib,
undan xalqimiz foydalanmoqda.
10 Имом Бухорий таърифи. Тошкент.-«Чулпон» нашриёти.-1996 йил. 9-бет.
95
liuxoriyning
yaqin
shogirdlaridan
bo’lmish
mashhur
muhaddislardan biri Irnom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan
“Jame’ al-kabir”, “Jom e’ at-Termiziy”, “Ash-Shamoil al-Nabaviya”,
“At-Tarix”, “Kitob az-Zuxd” kabi o ’ndan ortiq asarlar qolgan.
Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari “Jom e’ at-
Termiziy” bo ’lib, unda insonparvarlik g ’oyalari keng ifodalangan.
O ’g ’irlik, zo’ra-vonlik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi
salbiy, ahloqqa zid qusurlar qattiq tanqid qilingan.
Islomda mashhur bo’lgan muxaddislardan yana biri Abu
Abdurahmon an-Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston)
shahrida tug’ilib, horijiy sharq shahar-larida, xususan Misrda o ’z
bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla shahrida vafot etgan. Uning
“at-sunai al-Kubro” kitobi mashhur b o ’lgan. Qolgan yana uchta hadis
yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur’on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlaming
ta ’lim-tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Shariat-arabcha “to ’g ’ri yo’l”, “ilohiy belgilab berilgan y o ’l”
demakdir.
Shariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va m a’naviy hayotning
barcha sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan,
ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar
bo’yicha qonun-qoidalar va m e’yorlar majmuasidir.
Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq
va qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va
diniy marosimchilik masalalarini ham o ’z ichiga oladi. Musulmonlar
uchun bajarish farz, ya’ni majbur hisoblangan dasturlami belgilab beradi
va ulaming diniy qonun tusiga kiritadi. Shuni hisobga olganda, shariatni
faqat shartli ravishda diniy huquq tizimi deb atash mumkin.
Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur’on,
hadis (sunna), ijmo’ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi.
Ijm o’ - diniy jam oa fikri (arabcha-ijmo’ al-umma) b o’lib, Q ur’on
va hadislarga asoslangan, ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni
hisobga olib chiqariladigan ulamolar hukmi edi.
96
Qiyos - kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan
xalifalikda shariatga asos qilib olingan to’rtinchi manba edi. Qur’on va
hadislardan topilmagan k o ’rsatmalar o ’m iga ulamolar bergan fatvo
o ’tgan. Qiyos - mantiqiy taqqoslash yo ’li bilan biror masala b o ’yicha
hukm chiqarish usulidir.
Ijmo’ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy va markazdagi
humdorlar shariatni o ’z xohish-irodalariga qo ’llash imkoniyatiga ega
b o ’ldilar. Natijada islomning Muhammad payg’ambar davridagi ko’p
talablari buzildi. Islomga bid’at hisoblangan yangiliklar kirib qolgan.
Keyingi vaqtlarda vahhobiylar “islomni tozalash”ni talab qilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |