N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”
An’anaviydarso‘tishdadarsningasosiymaqsadiko‘proqtushuntirishgaqaratilganbo‘lib,o‘qituvchibilimberuvchi,o‘quvchitalababilimoluvchirolinibajaradi. Ularni o‘rganilayotgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini nazoratqilishjarayonidabildirgan fikrlarigaqarab aniqlanadi. Pedagoglar, pedagogolimlar dars jarayonida o‘quvchi, talabalar o‘rtasida hamda ular bilan o‘qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o‘rnatilsa, uni interaktiv hisoblashadi.
Odatda bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish yo‘llarini fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo‘llasa bo‘lishini muhokama qilishda o‘rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni uni javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlarining maqsadi bilim berish emas, balki o‘quvchi,talabalarda mustaqil ravishda o‘qish, izlanish, savollargajavob topish, qaror qabulqilishko‘nikmasini shakllantirishdir. Darso‘tishningtalabalarfaolliginioshiruvchiinteraktivmetodlariayrimadabiyotlardanoan’anaviydarso‘tishmetodlaridebhamta’riflanadi.Bumetodlardanavvallarihamfoydalanilgan,lekinkamroqe’tiborberilgan.Hozirgipaytda butun dunyoda faol interaktiv metodlarni qo‘llashni dars o‘tishning samaralimetodisifatidatanolinib, kengqo‘llanilmoqda. Interaktiv metodika o‘zaro hamkorlikning nihoyatda ko‘p usul va turlarini qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘quvchi talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda o‘quvchi, talaba o‘zi uchun nimanidir kashf qiladi.
Interaktiv metodlar «o‘qishga va uqishga» o‘rgatadi. U o‘quvchi-talabalarning nihoyatda katta intellektual potensialidan foydalanish imkonini beradi, ularni o‘quv jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlaydi. O‘quv jarayonida nafaqat hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo‘llash imkonini beradi.
Interaktiv metodlar talabalarni o‘z fikrini ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o‘rtoqlarining fikri, asoslari, dalillarini tinglab, o‘z fikridan qaytishi yoki fikrini tamomila o‘zgartirishi mumkin. Interaktiv metodlar boshqalarning fikriga hurmat bilan qarashga, uni sabrtoqat bilan eshitishga ham o‘rgatadi. Auditoriyada hamkorlik muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi.
O‘qituvchi yaxshi dars berishning tayyor reseptiga emas, balki interaktiv metodlarga asoslangan ta’lim texnologiyasiga ega bo‘lishi kerak. U ijodiy hamkorlikda ishlashga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga o‘rgatadi.
Ta’limning interaktiv metodlari pedagoglarda:
darsda o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishni ta’minlaydi;
o‘quv materialini puxta o‘zlashtirish imkonini beradi;