N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə28/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

So‘zsiz savollar o‘qituvchining qarashi, mimikasi, imo-ishorasi bilan beriladi. U auditoriyada talabalar o‘rtasida diqqate’tibor, jiddiylik tug‘diradi. Bu holda o‘qituvchining yuzida, imo-ishorasida xayrixohlik ifodasi bo‘lmasa, talaba noto‘g‘ri javob berdimmi degan xayolda esankirab, sarosimaga tushib qolishi mumkin.

Savollarni tuzish va uni talabalarga berishdan qo‘yilgan maqsadga ko‘ra taxmin, sintez qilingan savollar, sharhlashga doir, qo‘llashga doir savollar bo‘lishi mumkin.
Savollar bilan bir qatorda xohish, istak tug‘diruvchi so‘zlardan ham foydalanish mumkin. Bunday so‘zlar talabalarning bildirayotgan fikriga, gapirishiga turtki beruvchi yoki qisqa mulohaza, maslahat tarzidagi masalan, «ha», «davom eting», «to‘g‘ri», «shunday qilib», «to‘g‘rirog‘i», «aniqrog‘i» kabilardir. Ko‘pincha bunday ta’kidlar keng fikrlash imkonini berib, nisbatan yaxshi natijalarga erishishga olib keladi. Bunday savol esa, fikr doirasini anchagina cheklaydi va qisqa mulohaza, do‘stona ohangda yoki iltimos shaklida ifodalanadi. Ular ko‘rsatma tariqasida «asoslab bering», «xulosa chiqaring», «yakun yasang», «xarakterlang» va hokazo tarzida ifodalanadi. O‘qituvchi doimo o‘z oldiga qanday savol berish kerak yoki qanday qilib to‘g‘ri savol bersam bo‘ladi, degan masalani qo‘yadi. Masalani quyidagicha hal qilish mumkin:

  • Savolni barcha talabalarga berish, butun auditoriya oldiga qo‘yish kerak. Hamma talabalar o‘ylab ko‘rsin. Ma’lum pauzadan so‘ng aniq bir talaba javob berishga chiqishi mumkin.

  • Auditoriyaga xos savollar talabalarning bilim darajasi, darsga tayyorgarligi kabilarni hisobga olgan holda berilishi kerak. Bunda guruhdagi talabalarning individual xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Nisbatan bo‘sh talabalarga uncha murakkab bo‘lmagan savollar berish, so‘ngra bilimi kuchli talabalarga murakkab savollar berib borish kerak. Natijada oddiydan murakkab tomon borilaveradi.

Dastlab, ixtiyoriy javob bermoqchi bo‘lganlarga diqqat qaratish kerak, so‘ngra bosiq, o‘z ishtiyoqi bilan javob bermaydigan talabalarni javob berishga jalb qilish, haddan tashqari faol talabalarni birmuncha tiyib turish kerak. Darrov javob berishlariga urinmaslik, balki bir necha javob berishni xohlovchilarni aniqlab, bir necha talaba javob berishi mumkinligini his qilgach so‘ray boshlash lozim. Muhim va murakkab savollar tashlanganda ko‘proq pauza saqlab, talabalarni tayyorgarlik darajasini ko‘zdan kechirish zarur.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin