N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə27/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Axborot xarakteridagi savollar. Qo‘yilgan muammo bo‘yicha dalillarni, sanalarni aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo‘ladi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar turli so‘roq gaplar orqali ifodalanib, turlituman javob berilishi ko‘zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollarbu savollarga javob «ha», «yo‘q», «ehtimol to‘g‘ri» tarzida olinishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘lib, odatda ular fe’lga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil etiladi. Masalan: Talab egri chizig‘ini siljishiga modaning o‘zgarishi ta’sir kiladimi? Yoki yalpi ichki mahsulot hisoblaganda transfert to‘lovlarini qo‘shamizmi?

  • Muqobil savollar ikki variantda bo‘lib, ulardan nisbatan ishonchlirog‘i tanlanishi kerak. Berilgan savolni tushunish qiyin bo‘lsa, uni boshqacha tushunarliroq variantda beriladi.

  • Tasdiqlovchi yoki mustahkamlovchi savollar vaziyatni aniqlash maqsadida beriladi. Masalan: a) talaba bildirilgan fikrlarni tushundimi, yoki tushunarli bayon qilindimi? Aytilgan fikrlarga hamma tushundimi? Yoki men aytganlarim tushunarlimi? tarzida qo‘yilishi mumkin.

  • Faraz, tahlil qilishga, undashga qaratilgan savollar ikkilanishni bartaraf qilishga yordam beradi. Odatda bu savollar, «aytaylik», «faraz qilaylik», «ko‘z o‘ngimizga keltiraylik» degan so‘zlar bilan boshlanadi.

  • Muloqot o‘rnatish uchun qo‘yiladigan savollar auditoriya bilan muloqot o‘rnatishga, keskin vaziyatlarni yumshatishga xizmat qiladi.

  • Yo‘llovchi, esga soluvchi yordamchi savollarning mazmuni voqea, hodisaning bajarilishi, ro‘y berishi, ehtimoli yuqori darajadaligini ta’kidlaydi. Savol ohangi bilan to‘g‘ri javob berishga undaydigan savollar bo‘lib, talabaga to‘g‘ri javob berishga yordamlashadi.


  • Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin