N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Aniq maqsadga qaratilgan savol berish kerak



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə29/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Aniq maqsadga qaratilgan savol berish kerak. Ma’lum narsalar haqida savol berish zerikarlidir. Talabalar fikr yuritishini zarur yo‘nalishga solib, unchalik kerak bo‘lmagan masalalarga e’tibor berish, atrofda aylanish, chetga chikishdan qochish kerak. Haddan tashqari uzun savollar darsni maqsadidan chetga chiqib ketishga olib kelsa, haddan tashqari qisqa savol esa, «fikr yuritish» uchun kam «joy» qoldiradi. Tushundingizmi, degan savol ko‘pincha javobsiz qoladi. Shuning uchun yaxshisi aniq nazorat shaklida savol bergan ma’qul. Bitta so‘roq gapdagi bir necha savollar talabalarni chalkashtiradi. Shuning uchun savolni oddiy, tushunarli qilib tuzish kerak.

  • Savollarni xotirjam tarzda berish kerak. Chunki bunday savol tushunishni osonlashtiradi. Savoldan keyin fikr yuritish, javobni shakllantirish uchun ma’lum muddat qoldirish kerak. Har doim savol bilan javob berish o‘rtasidagi muddat savol beruvchiga ham, javob beruvchiga ham nisbatan uzoq davom etganga o‘xshab ko‘rinadi. Shuning uchun shoshilmaslik kerak. Auditoriyadagi samimiy muhit unga talabalarni darsga faol qatnashishlariga yordam beradi va darsni muvaffaqqiyatli o‘tishini ta’minlaydi. Vaqtivaqti bilan o‘qituvchi o‘zining savol qo‘yish texnikasi, mazmunini tekshirib turishi kerak.

    Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tganda avval savolga javob o‘ylanishi va muhokama qilinishi kerak. So‘ngra auditoriyada muhokama qilish boshlanadi. O‘qituvchi bildirilgan fikrni asoslash yoki mustahkamlash uchun qo‘shimcha savollar beradi: «Nima sababdan?», «Siz shu fikrga qo‘shilasizmi?», «Misol keltiringchi?», «O‘rtog‘ingiz bildirgan fikr to‘g‘rimi?», «O‘zingizning xulosangizni aytingchi?» tarzdagi savollar bilan kichik guruhlarni bir birlariga murojaat qilishga yo‘naltiriladi.
    O‘z fikrini bayon qilayotgan talabaga: «aytingchi, siz yoki guruhingiz berilgan savolga ana shunday javob berishiga nima sababdan qaror qildingiz?» deb murojaat qilib, javobni eshitgach, auditoriyaga «boshqalar ham shu fikrdami, uni noto‘g‘ri deb hisoblovchilar, marhamat o‘z fikringizni bildiring» deb, talabalar fikrini aniqlash mumkin.
    Agar to‘g‘ri javob yagona bo‘lmasa, o‘qituvchi «qani, o‘ylab ko‘ringlarchi, yana qanday muqobil javoblar bo‘lishi mumkin?» degan savolni tashlashi mumkin.

    6.6. Suhbat metodini qo‘llab dars o‘tish

    Savol-javob odatda darsning og‘zaki metodi hisoblanadi. Og‘zaki javobga asoslangan yana bir metod, suhbat metodidir. Uning keng tarqalgan shakli hikoya va bayon qilishdir.
    Og‘zaki uslubdagi darsning maqsadi bilim berish, o‘rgatish, axborot berish, o‘zi olgan axborotni, bilimni yoki fikrni boshqalarga yetkazish bo‘ladi. Bayon etish, hikoya qilish deb, o‘quv materialini monolog tarzida bayon qilishga aytiladi. Bu metod odatda, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda, maslahat darslarida keng qo‘llaniladi. Bunda bilim o‘qituvchi tomonidan ma’lum bir tizimga solingan holda tushunarli, o‘quvchi-talabalar ruhiyatiga ta’sir etadigan tarzda yetkaziladi. Hikoya odatda o‘quvchi-talabalarni yangi mavzuni, materialni o‘zlashtirishga tayyorlash uchun kirish so‘zi tarzida bayon qilinadi. Materialni, mavzu mazmunini esa hikoya tarzida bayon qilinadi.
    Bu metodning samarasi, asosan, o‘qituvchi mahoratiga, uning ta’sirchan, tushunarli, diqqatni tortadigan emosional bayon qilishiga, har bir so‘z, ibora uning ko‘zida, chehrasida qanday ifodalanishiga bog‘liq. Hikoya, talabalarning intellektual darajasiga mos bo‘lishi lozim.
    O‘qituvchi ushbu metod asosida dars o‘tishga tayyorlanar ekan, zarur materialni, mavjud sharoitda eng yaxshi maksimal natijaga erishish uchun metodik usullar tanlaydi. Ko‘pincha xotirada qoladigan usullar qo‘llaydi. Taqqoslash, solishtirish, o‘xshatish, xulosa chiqarish kabilar xotirada qolishga yordam beradigan usullardir.
    Hikoya qilish mashg‘ulotlarda o‘qitishning boshqa metodlari bilan ko‘rgazmali vositalar bilan olib borganda yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari hikoyada qanday voqea, hodisa, dalillar, kishilar bayon qilinayotgani ham katta rol o‘ynaydi.
    Talabalar ham amaliy mashg‘ulotlarda o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga shunday hikoya tarzida bayon qilish bilan javob beradilar.
    O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan suhbat, ya’ni qo‘yilgan savolga atroflicha, aniq, tushunarli javob berish bilan suhbatdoshning diqqati masalaning turli jihatlariga qaratiladi.
    Suhbat didaktik jarayondagi eng ko‘hna metodlardan hisoblanadi. Suhbat unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o‘qish, o‘rganishga istak tug‘diradi. Shu bois keng tarqalgan.
    Suhbatning afzallik tomoni shundaki, u fikrlashni maksimal darajada faollashtiradi, bilish jarayonini boshqarish imkonini beradi, buning uchun sharoit yaratadi.
    Keyingi paytda uning hozirgi talablarga javob beradigan shakli sifatida dars berishda «intervyu berish», usullaridan keng qo‘llanilmoqda. Bu usulda bir talaba intervyu oluvchi rolini bajarsa, ikkinchisi intervyu beruvchi sifatida qatnashadi. Natijada talabalar faolligi oddiy suhbat tarzida o‘tkazilgan darsga qaraganda ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi.
    Tajriba shuni ko‘rsatadiki, suhbat metodini qo‘llash orqali:

    • o‘quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash;

    • yangi o‘quv materiali bilan tanishtirish;

    • egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish;

    • egallagan bilimlarni qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng keladigani yo‘q.

    Suhbat asosida dars o‘tishning boshqa barcha uslublarga o‘xshab, o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud.
    Ular quyidagilar:

    Afzalliklari:

    1. Darsda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi.

    2. Talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan faollashtirish.

    3. Har bir talabaga savol bilan murojaat qilish orqali, darsda faol qatnashishni ta’minlash ko‘rsatkichini oshirish.

    4. Birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida guruhni boshqarishni praktikada qo‘llash.
    Kamchiliklari:

    1. Talabalarning soni cheklangani, 25-30 tadan oshmasligi.

    2. O‘qituvchidan ko‘p kuch, asab, mahorat talab qiladi.

    3. Savollar muhokamasi ko‘p vaqt talab qiladi.

    4. Talabalardan ma’lum darajada bilim, tushuncha bo‘lishini talab qiladi. Guruhdagi talabalar yangiliklarni, o‘zgarishlarni bilishi,darsga puxta tayyorlanib kelishlari kerak. Bo‘lmasa darsga qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi.



    Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin