N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Mutaxassislarga kasbiy talab - Kasblar tasniflagichi: mohiyati va funksiyalari



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə31/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

7.2. Mutaxassislarga kasbiy talab - Kasblar tasniflagichi: mohiyati va funksiyalari
Tasniflagich o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘kuv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlovchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Davlat ta’lim standartlari o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqaruvchilar ta’lim muassasalari rahbarlari, respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlar mutaxassislari, vazirliklar, muassasalar va boshqa respublikamiz xo‘jaliklarini rivojlantirishda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’yektlar uchun mo‘ljallangandir. Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi vazirlikka, qarashli ekanligidan va mulkchilik shaklidan qatiy nazar aynan qo‘llanilishi shart.
Tasniflagichda quyidagi ta’riflar qo‘llanilgan: tayyorlov yo‘nalishlari; kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (TIKIUT); o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari; kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro‘yxati.
Malaka mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim , ish-harakat usullarining aniq, tez fursatda, talab darajasida bajarilishidir. U mutaxassisning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u haqida toifa yoki diplomning mavjudligi hisoblanadi.
Kichik mutaxassis ta’lim dasturini muvaffaqqiyatli o‘zlashtirishga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka darajasidir:
Kichik mutaxassis:
• nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga;
• mazkur jamiyatda o‘zining muvaffaqqiyatli hayot darajasini ta’minlaydigan umumiy va kasbiy madaniyat, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar va shaxsiy fazilatlarga ega bo‘ladi.
Ixtisoslik - birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko‘nikma va malakalar majmuasi.
Kasblar tasniflagichining mazmuni va uning vazifalari.
O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari aniq kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta’lim berish doirasidir.
Mutaxassislar kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
Kasb - maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasi, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg‘ulotining) turidir.
DTSning tashkiliy-boshqaruv funksiyasi ta’lim tizimini sifat va miqdor tavsiflarini tartibga solish, chegaralashdan iborat. Bular vositasida shaxs, davlat, jamiyat, ish beruvchi tomonidan nazorat etish ta’minlanadi.
Har bir ta’lim xizmatini talab etuvchining ta’limdan o‘z maqsad va qadriyati bor:
- shaxs bunday ta’limda o‘zining intellektual ehtiyojlarini qondirish va imkoniyatlarini namoyon etishni ko‘zlaydi;
- jamiyatga ta’limdan yuqori darajadagi ijtimoiy va axloqiy samara lozim;
- davlat ta’lim tizimidan fuqarolarni o‘qitish va tarbiyalashni, milliy uyg‘onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi asosida ularda ma’naviyat va axloqiy mifatlarni rivojlantirishni kutadi;
- kadrlarni talab etuvchilar ta’limdan raqobatbardosh tovarlash ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni kutadi.
DTS muvofiqlashgan mujassam maqsadni izlashga da’vat etadi. Shundan so‘ng mezonlar yordamida standartda ko‘zda tutilgan maqsadga va sifatga erishish orqali ijtimoiy tartibga solishni boshqarish va ta’limni boshqarish amalga oshiriladi.
Shaxs ta’limiy xizmat iste’molchiligi sifatida DTSga muvofiq tanlov asosidagi kurslar va fanlar ko‘lamida o‘z ta’limini bevosita boshqaradi, bular DTSning institusional tarkiblarini tashkil etadi.
Mazkur tarkibning yo‘nalishi, mazmuni va tuzilishi ta’lim muassasasi tomonidan o‘z an’analari, ilmiy-pedagog madaniyati hisobiga olgan, atrof ijtimoiy madaniyat va iqtisodiy muhit bilan birga harakat qilgan holda belgilanadi.
Davlat boshqaruvi ta’limda DTSning davlat komponenti – ta’lim umummilliy me’yorlari bilan belgilanadi. Davlat shaxs, jamiyat va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bakalavriat yo‘nalishi va magistratura ixtisosliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash mazmuni va darajasi majburiy minimumiga talabalarni shakllantiradi.
Bakalavriat ta’lim-kasb dasturida davlat talabiga ko‘ra quyidagi vazifalarni bajaradi:
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar qismi:
- milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiyani, ilmiy dunyoqarashni, yuksak axloq va madaniyatni, demokratik, huquqiy va iqtisodiy tafakkurni shakllantiradi;
- ta’limning milliy yo‘nalishi; ta’lim va tarbiya birligini ta’minlaydi.
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar qismi:
- matematik bilimlar va modellashtirish, informasion texnologiyalar to‘g‘risida taasurotlarni shakllantiradi;
- tabiiy fanlar asosi birligi, zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyasi, tabiiy fanlardan eng yangi nashrlar va fanda, texnika, texnologiyada ulardan foydalanish istiqboli to‘g‘risida, tabiatdan va inson faoliyatidan odilona foydalanish ekologik tamoyillari xususidagi tasavvurlarni shakllantiradi;
- fan tegishli sohalari uchun zarur nazariy fanlarni o‘rganishni chuqurlashtirishni ta’minlaydi.
Umumta’lim fanlar qismi:
- umumkasbiy fanlar bo‘yicha chuqur bilimni shakllantiradi;
- ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus fanlarni o‘rganish uchun zamin tayyorlaydi;
- kasbiy faoliyat malaka va ko‘nikmasi hosil qiladi.
Maxsus fanlar qismi:
- ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy faoliyatga doir bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi;
- muayyan ixtisoslik bo‘yicha keyingi ta’limni ongli tanlashni belgilaydi;
- ilmiy-texnikaviy yutuqlar, ta’lim yo‘nalishi muammolari va rivojlanishi istiqboli haqida tasavvur beradi.
Magistratura ta’lim-kasb dasturidagi davlat qismida ikki asosiy masala hal etiladi: umummetodologik va bakalavriat negizida yuqori malakali kadrlar yetishtirish, maxsus tayyorlov.
Mehnat bozori malakali talablar vositasida, kadrlar kasbiy faoliyati sohasi, ob’yekti va turlarini, shuningdek, ular kasbga ko‘nikishini aniqlab ta’limni boshqaradi.
Xulosa qilib aytganda, kadrlar tayyorlash milliy modeli O‘zbekiston iqtisodiyotinnig raqobatbardoshligini ta’minlashga asos bo‘lib hisoblanadi.
Ta’limning maqsadi va qimmatini, uning mazmuni va natijasini, ta’lim-kasb dasturlari asosiy xususiyatini, ta’lim jarayoni shakliy tuzumini, uning maqsadga erishish darajasini, bosqichma-bosqich va yakuniy tashxislash mo‘ljallangan ko‘lamini va vaqt me’yorini, ta’lim va ma’lumotlilik darajasini belgilovchi davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
DTSning tashkiliy-boshqaruv vazifasi – ta’lim tizimi sifati va miqdoriy tavsifini tartibga solish va chegaralashdan iborat. Bular yordamida korxona, davlat, jamiyat, ish beruvchi va h.k.lar tomonidan ta’limni nazorat qilish ta’minlanadi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin