N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə34/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: O’quv-me’yoriy hujjatlarning ahamiyati. davlat ta'lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi, maxsus ta'lim, davlat ta'lim standarti, Namunaviy dastur, ishchi dastur, kichik mutaxassis, kasblar tasniflagichi, o‘qitish mazmuni, darslik, adabiyotlar


Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. Ta’lim mazmuni Davlat ta’lim standartlarida qanday ifodalanadi?

  2. DTS asosida nimalar amalga oshiriladi?

  3. DTS ishlab chiqishni tashkil etish nimadan boshlanadi?

  4. Mutaxassislarga kasbiy talab - Kasblar tasniflagichini yoritib bering.

  5. O‘qitish mazmunida o‘quv reja va dasturlarning ahamiyati?

  6. Darslik nima?

  7. Nimа sаbаbdаn mutахаssis kаdrlаr tаyyorlаshni miqdоr vа sifаt jihаtdаn bоzоr tаlаblаrigа mоslаshtirish zаrur, dеb o‘ylаysiz

  8. O‘quv rеjа dеgаndа qаndаy rеjа tushunilаdi?

8-MAVZU. O’QITISH JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN O’QITISH METODLARI
Reja:
8.1. Maxsus fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar
8.2. Ta’lim vositalari
8.3. Ta’lim vositalarini tanlash mezonlari



    1. Maxsus fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar

Maxsus fanlarni o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Metod - yunoncha atama bo‘lib, usul, yo‘l degan ma’noni anglatadi, ya’ni
maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar) har qanday axborotni
(maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi sinflarga
ajratiladi:

  • So‘z orqali ifodalanadigan metod.

  • Ko‘rgazmali metod.

  • Amaliy metod.

Axborotni so‘z orqali yetkazish va qabul qilishga qaratilgan birinchi guruh
metodlariga: Hikoya, suhbat, ma’ruza kabilarni kiritish mumkin.
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘qitish va fikrlarni bayon qilish
metodi sifatidagi imkoniyatlari boshqa metodlarga nisbatan yuqoridir. Hikoya
qilish - pedagog tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va
voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham,
qisqa va izchil bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishdi, obrazlarga
xarakteristika berishdi, tabiat hodisalari va ijtimoiy hayotdagi voqealarni
tasvirlashda qo‘l keladi.
Hikoya qilish davomida talabalar passiv tinglovchi bo‘lib qolishlariga yo‘l
qo‘ymaslik kerak. Talabalarning diqqatini tasvirlanayotgan ob’yektga qaratibgina
qolmay balki xuddi shu ob’yekt haqida ular ongli va aktiv fikr yuritishlarini ham
ta’minlamoq lozim.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin