N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Laboratoriya ishlari metodi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə36/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Laboratoriya ishlari metodi.
Laboratoriya mashqlari frontal tajribalar, laboratoriya ishlari,
praktikumlar o‘qitishning texnik vositalari va o‘quv qurollari tipidagi boshqa
asbob-uskunalar bilan mashg‘ulotlar tarzida o‘tkaziladi.
Mustaqil ishlar metodi.
Keyingi davrda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga katta
e’tibor berilmoqda. Chunki bu metod talabada ijodkorlikni, mustaqillikni
rivojlantiradi. O‘quv dasturlarida mustaqil ta’lim uchun soatlar ajratilmoqda.
Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etishda ma’lum fanning xususiyatidan
kelib chiqib mustaqil ishning mazmuni, shakli va vazifalari tanlab olinadi.
Topshirishgan mustaqil ishni bajarish uchun pedagog kerakli adabiyotlar va yo‘l
yo‘riqlarni ko‘rsatishi, qisqacha tushuntirish berishi lozim. Talaba bajarishi
kerak bo‘lgan mustaqil ish ko‘p vaqt egallamasligi va shu bilan bir qatorda
talabaga rivojlantiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Reproduktiv, evristik metod.
Reproduktiv metodlar birinchi navbatda talabalarning o‘quv materialini
tezroq va mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash bilimdagi tipik
kamchiliklarni tez aniqlash uchun qulay. Reproduktiv metodlar ayniqsa o‘quv
materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo‘lsa, murakkab va butunlay
yangi bilimlar o‘rganilishi lozim bo‘lgan holatda samarali natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodi.
Bu metod ta’lim tizimida unchalik keng tarqalmagan metod bo‘lib, ma’lum
tayyorgarlikni talab etadi. Pedagog rahbarligida talabalar yoki bir talaba
ma’lum ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishi va ma’lum fan uchun yangi xulosalarni
yasashi mana shu metodni qo‘llash jarayonida vujudga keladi. Bu metod oliygohlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu metod davomida ilmiy bilish jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni xali noma’lum bo‘lgan bilimlar kashf etiladi va egallanadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot rejasi tuziladi. Maqsad belgilanadi va tadqiqot usullari tanlab
olinadi. Tadqiqot natijalari asosida xulosalar yasaladi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin