N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Ta’limning texnik vositalari (TTV) -



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə39/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ta’limning texnik vositalari (TTV) - o‘quv materialini ko‘rgazmali
namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv
materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi.
Yordamchi ta’lim vositalari (YOTV) – grafiklar, chizmalar, namunalar va
h.k. boshq.
O‘quv - uslubiy materiallar (O‘UM) - o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan
o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning
mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar.
Talabalarni o‘quv - bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi
har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga
bog‘liq
: 1) maqsadni belgilash; 2) asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga;
4) o‘quv materialining yangiligi va murakkabligiga; 5) talabalarni o‘quv imkoniyatlariga.
Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi
omillar:
Maqsadni belgilash;

  • O‘quv axborot mazmuni;

  • Ta’lim vositalari;

  • Yetakchi bilim manbai;

  • O‘quv materialining yangiligi va murakkabligi.



8.3. Ta’lim vositalarini tanlash mezonlari
Mа’lumki fаnni o‘rgаnish, bir tоmоndаn, didаktik jihаt, ya’ni nimаni o‘rgаnish аsоsiy rоl o‘ynаsа, ikkinchi tоmоndаn mеtоdik jihаt qаndаy o‘rgаnish, o‘qitish аsоsiy rоl o‘ynаydi.
Hozirgi paytda, avval ta’kidlab o‘tganimizdek, dars o‘tishdan asosiy maqsad tayyor bilimni o‘zlashtirish emas, eng asosiysi, o‘quvchi-talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu maqsadni amalga oshirish esa ko‘p jihatdan dars o‘tish metodlarini tanlashga bog‘liq.
Har qanday fanni o‘rganishda turli metodlar qo‘llanilishi zarur. Buning sababi, birinchidan, dars o‘tishda turli uslublarni qo‘llash uni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi, talabalarning diqqati o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga qaratiladi. Bir xil metodda dars o‘tilaverishi talabalarni zeriktiradi. Psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra har qanday mohir o‘qituvchi ham bir xil metodni qo‘llab dars berar ekan, aytaylik, ma’ruza o‘qir ekan, talabalar dastlab 20 daqiqa, so‘ngra darsni tugashidan oldin 20 daqiqa ma’ruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda xayolga berilib
ketar ekan.
Ikkinchidan, talabalarning darsni o‘zlashtirish, bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil. G‘apb olimlari tomonidan chop etilgan uslubiy adabiyotlarda bilim berish uslubiga ta’sir etuvchi parametrlarga: a) har bir talabanig individual xususiyatlari; b) axborotni qayta tiklash qobiliyati; d) talabalarni bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, hamkorlik qilish xislatlarini kiritishadi. Yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Uchinchidan, dars o‘tish metodlari talabalarni fikrlash doirasini
shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yo‘li, dars o‘tishda turli metodlarni qo‘llash zarur degan fikr tarafdori bo‘lib, aynan qaysi metod qaysi kategoriyadagi talabalar
uchun qo‘llanilishi ma’qulligi bo‘yicha esa yagona qolip yo‘q,
Jahon pedagogikasi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tahliliy fikr yuritadigan talabalardangina muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin