N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə40/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tahliliy fikrlash mustaqil fikrlashdir. Har bir kishining fikr
yuritishi individual xarakterga ega bo‘lib, boshqalarnikidan ajralib turadi. Axborot esa tahliliy fikrlashning boshlang‘ich nuqtasidir.
To‘rtinchidan, tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabalarni barkamol, chuqur bilim egasi, mustaqil fikrlaydigan inson bo‘lib shakllanishi faqat individual xususiyatlariga bog‘liq emas. Ta’sir ko‘rsatadigan yana bir muhim omil, ta’lim berish jarayonini tashkil etishdir.
Bеshinchidаn, pedagog - olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha o‘qitish jarayonida berilgan axborotni eslab qolish qo‘llanilgan metodlarga ko‘ra hаm kаttа fаrq qilаr ekаn. Biz ma’ruza, doklad eshitar ekanmiz uning 5 foizini, o‘qigan materiallarimizni 10 foizini, video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rganimizni 20 foizini, tajriba namoyish qilinganida ko‘rgan va eshitganlarimizni 30 foizini, munozaraga kirishsak, birga muhokama qilganimizni 40 foizini, mashq yechar ekanmiz, o‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50 foizini eslab qolar ekanmiz. Ishbilarmon o‘yin, loyiha metodi, mustaqil o‘qiganlarimiz, tahlil qilganlarimizni muhokama qilish samarali metod ekan. Buning natijasida talabalar ongida ma’lumotning 75 foizi saqlanib qolar ekan. Lekin, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning bir-birlariga o‘rgatishlari undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90 foiz ma’lumot o‘zlashtiriladi.
Ta’lim berish jarayonini tashkil etishda esa o‘qitish shakllari va
metodlari asosiy rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ta’lim metodlarini tanlash katta
ahamiyatga ega. O‘quv metodlarini tanlashda esa uning samaradorligini
e’tiborga olish zarur. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo‘llab
o‘tkazaversa bo‘ladi, lekin amalda buning iloji yo‘q. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologiya, pedagogika bo‘yicha o‘quv va ilmiy adabiyotlarda dars o‘tish metodini tanlashga ta’sir qiluvchi juda ko‘p omillar ko‘rsatiladi.
O‘tgan asrning o‘rtalaridan metodlarni faol (aktiv) va passiv guruhlarga ajratishga harakat kuchaydi. Ayniqsa interaktiv metodlarni qo‘llash keng targ‘ib qilina boshlandi. Ko‘pgina pedagog va psixologlarning fikricha, metodlarni aktiv va passiv guruhlarga bo‘lish noto‘g‘ri, uni shunday bo‘lishga aslida o‘qituvchi va o‘quvchi, talabalar sababchi, deyishadi. Umuman olganda metodlarni guruhlarga bo‘lish, ularning u yoki bu jihatlariga ko‘ra shartli ravishda amalga oshirilishini hisobga olsak, bunday guruhlash ham o‘z maqsad, vazifasiga ega.
Dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarni shartli ravishda: an’anaviy dars o‘tish, faol uslublar, hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlarga ajratish nuqtai nazardan qarasak, an’anaviy dars o‘tishda darsning asosiy maqsadi ko‘proq tushuntirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi - bilim o‘rgatuvchi, o‘quvchi-talaba bilim oluvchi bo‘lib, ularni o‘rganilayotgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi.
Bunday dars an’anaviy strategiyaga qurilgan bo‘ladi. O‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida qaytar aloqa ta’minlansa faol, dars jarayonida o‘quvchi,
talabalar o‘rtasida hamda ular bilan o‘qituvchi orasida yuqori darajada
hamkorlik o‘rnatilsa, interaktiv strategiya qo‘llanilgan hisoblashadi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin