N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


O‘qitishning muammoli-izlanish metodi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə37/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

O‘qitishning muammoli-izlanish metodi.
Yangi mavzuni o‘rganish jarayoni o‘rganilayotgan materialni tayyor holda
talabalarga bayon etmasdan, balki muammo sifatida taqdim etish muammo-izlanish
metodini keltirib chiqaradi. Ya’ni dars davomida yasash kerak bo‘lgan xulosalar
pedagog tomonidan emas, balki talaba tomonidan yasalishiga harakat qilinadi.
Har bir talaba qo‘yilgan muammoni o‘zicha yondoshib hal etishga harakat qiladi va o‘z fikrlarini bayon etadi.
O‘quv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni o‘rgatuvchi metodlar
O‘quvchi, talabalarni o‘qitishda qo‘llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ilashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o‘quv axborotini uning o‘ziga xos sur’atda va qulay vaqtda olishini ta’minlaydi. O‘quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi.
Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki paragraflarni sinchiklab o‘qish, berilgan materialni o‘rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikasiyalarda qo‘llash mumkin.
Kitob ustida ishlash o‘quvchi, talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko‘p o‘quvchi, talabalar o‘qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o‘qiganlarining ma’nosiga to‘liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima?
Nima sababdan o‘quvchilar ham, talabalar ham o‘quv adabiyotlari bilan ishlashni qiyin ko‘rishadi?
Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o‘tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:
Birinchidan, darsliklar, ko‘pincha noaniq, mujmal yozilgan bo‘ladi, hech bo‘lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotni kamdankam holatda qamrab oladi.
Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga duch kelgach, tipik holatda o‘zini passiv tutadi.
Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan «muallifdan so‘rang» metodi ishlab chiqilgan. Darsni boshlashdan oldin o‘qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bo‘lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o‘quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so‘zni so‘zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so‘raymiz. Yozma matn, ya’ni kitob ma’nosi tushunarli bo‘lmasa, uni tushuntirib berishlarini so‘rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o‘zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.
Buning uchun o‘qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o‘rganishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu o‘rganilayotgan fan bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmasi yoki gazeta, jurnallarda chop etilgan bevosita o‘rganilayotgan mavzuga taalluqli iqtisodiy maqolalar bo‘lishi mumkin.
Bunda o‘qituvchi talabalarga mavzu bo‘yicha o‘quv adabiyotidan paragraf yoki biron parchani o‘qishni taklif etadi. So‘ngra o‘qituvchi talabalarga:
Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o‘qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo‘lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo‘lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.
Bu metodni boshqacha variantda, dars o‘tishni uch bosqichga bo‘lib quyidagicha qo‘llash mumkin:

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin