Alisher navoiy nomidagi samarand davlat universiteti mexanika matematika fakulteti



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə1/2
tarix31.08.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#141212
  1   2
Jonibek Hisobot Yanvar


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARAND DAVLAT UNIVERSITETI


MEXANIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
5A130202 – «AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI» MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI


BOBONAZAROV AKMALNING


YANVAROYI ILMIY PEDAGOGIK ISHI DAVRIDA BAJARGAN ISHLARI

Ilmiyrahbar: dots. Urunbayev E.
Samarqand – 2014
REJA:

  1. Namunaviy o’quv rejalari, Ishchi o’quv rejalari va dasturlari bilan tanishish.




  1. Fanlar bo`yicha ishchi fan dasturi tarkibi va o`quv-uslubiy majmua tarkibi bilan tanishib chiqish.




  1. Kafedrada mustaqil ta`limning amalga oshirilishi, reyting tizimini bajarilishi bilan tanishish.

Kafedraning faoliyati o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshirilishini, belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, professor-o’qituvchilar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinishini o’rgandim. Nizom bilan tanishish jarayonida yanada muhimroq quyidagi bandlar bilan tanishdim. Kafedraning asosiy maqsadi, kafedra mudirining vazifalari, kafedra mudiring huquqlari va kafedraning faoliyati kabi bandlar bilan tanishib chiqdim.


O’qituvchilarning semenar va amaliy mashg’ulotlarida qatnashib, o’qituvchilardan bilim oldim, malaka oshirdim va kasbiy malaka va pedagogic ko’nikmalarni oldim.
Kafedraning yillik rejalari bilan tanishib chiqdim. Tanishish jarayonida yillik ish rejasini qachon tuzishni va unda ko’zda tutilgan ishlarni vaqti-vaqtida joyiga qo’yishni va bajarishni o’rgandim. Tashkiliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O’quv va o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalari bo’yicha ishlaridan iborat ekanligini o’rgandim.
Ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha akademik litsey, kollej va maktablar bilan aloqalar o’rnatilgan bo’lib, “Matematek modellashtirish” kafedrasi va Jomboy va Kattaqo’rg’on tumanlari kasb-hunar kollejlari va Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik akademik litseyi bilan hamkorlik qilinmoqda. Undan tashqari kafedra bir necha yillardan buyon akademik akademik litsey, kollej va maktablar bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi, kafedradagi o’qituvchilar akademik litsey, kollej va maktablarga borib, bilim va malakalarini berib kelmoqda. O’z navbatida akademik litsey, kollej va maktab o’qituvchilari ham malakalarini oshirish maqsadida “Matematik modellashtirish” kafedrasi o’qituvchilarining darslariga qatnashayotganlarini va men ham ishtirok etib, malakalarimni oshirish yo’llarini o’rgandim. Bu davrda men ilmiy pedagogik ish yuzasidan o’z kasbimga oid fanlardan dars berish uchun mashg’ulotlarga tayyorlandim va dars mashg’ulotlarini o’tdim va “Matematik modellashtirish”kafedrasi va dekanatini ish yuritishi bilan tanishib chiqdim.
Bu vaqt mobaynida dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish, ilmiy ma’lumotlarni o’zlashtirish, ta’lim–tarbiya jarayonlarini muvofiq xolda olib borishga alohida e’tibor qaratdim. Dars o’tish jarayoni uchun zaruriy talablarni bajarish ya’ni dars beruvchi pedagogning hujjatlarini to’ldirishni o’zlashtirishga erishdim. Pedagogning o’quv kalendar reja, ishchi reja, dars ishlanmalari, baholash mezonlari, nazoatlar o’tkazish grafiklari bilan ishlash yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ayniqsa, mashg’ulotlar o’tish vaqtida yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanillishiga alohida e’tibor qaratdim.
Ilmiy rahbarim dots. E. Urunbayev rahbarligidagi “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 4-kurs talabalariga I-semestr mobaynida o’tiladigan “Kompyuter algebrasi tizimlari” tanlov fanidan amaliy mashg’ulotlarida qatnashib bordim. Bu fan yuzasidan mustaqil ta’limning tashkiliy va o’quv –uslubiy ta’minotiga e’tibor bergan holda ishlab bordim. Dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda adabiyotlardan, asosan kompyuter grafikasi va jadvallardan samarali foydalanish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ldim.


Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin