N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish shakllari



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə42/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini
tashkillashtirish shakllari:

3. Ommaviy ish (frontal) - barcha ta’lim oluvchilar oldiga bir xil topshiriq bajarish maqsadi qo‘yiladi.
4. Jamoaviy ish (kollektiv) - ham umumiy va guruhliga taalluqli
bo‘lishi mumkin: 1) oldinda turgan ish rejasini hamkorlikda muhokama qilish;
2) majburiyatlarni bo‘lish, hisobot shaklini tanlash; 3) xulosalarni muhokama
qilish (tartib bilan alohida ta’lim oluvchilar fikrlari tingladi va muhokama
qilinadi); 4) Ma’qul xulosalarni shakllantirish (umumiy kelishuv bilan).
5. Guruhli - kichik guruhlarda hamkorlikda bir topshiriqni bajarish.
6. Yakka tartibli (individual) - o‘quv topshirig‘ini yakka o‘zi bajarishi.
Hamkorlikda o‘zaro o‘qish.
Ushbu bo‘limda hamkorlikdagi o‘qishni tashkil etish usul va vositalari:
tamoyillari va qoidalari; «Birgalikda o‘qiymiz», «Arra», «O‘ylang-Juftlikda
ishlang-Fikr almashing» texnikalari haqida ma’lumotlar beriladi.

Hamkorlikdagi o‘qish: tamoyil va qoidalari 1) guruhga bitta topshiriq;
2) bitta rag‘bat: guruh barcha ishtirokchilari hamkorlikdagi ish bahosi
(umumiy natijaga erishish uchun barcha guruh a’zolari sarflaydigan kuchi
baholanadi) va akademik natijalari yig‘indisidan tashkil topgan bitta baho
oladi, ya’ni guruh (komanda) muvaffaqiyati har bir ishtirokchining hissasiga
bog‘liq; 3) har birining o‘z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyatligi; 4) hamkorlikdagi faoliyat: guruhiy muzokara, hamkorlik, o‘zaro yordam berish kabi o‘zaro harakat usullari asosida tashkil topadi;
5) muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar: har bir o‘qiyotgan o‘z shahsiy
yutug‘ini takomillashtirishga, shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlaridan kelib
chiqqan holda o‘qishga berilgan bo‘lishi zarur, chunki u boshqalar bilan teng
baholanadi.
Hamkorlikda o‘qiyotganlar uchun asosiy qoidalar:
O‘ylang - juftlikda ishlang - fikr almashing” texnikasi
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo‘lib, talabalarni matn ustida
fikrlash, o‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan
shaklda ifodalashga yo‘naltiradi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin