N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Grafikli organayzerlar texnikasi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə48/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

10.2. Grafikli organayzerlar texnikasi
Pedagogika ilmiy tadqiqot instituti, metodist pedagoglarning, xususan pedagogika fanining dolzarb vazifalaridan biri - ta’lim-tarbiyadagi muammolarni, mahalliy va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, barcha o‘quv fanlari bo‘yicha yangi milliy dasturlar yaratish, ta’limni pog‘onalash, dars jarayonini toifalashdan iboratdir.
Shu munosabat bilan yaqin o‘tmishdagi o‘zbek o’quv muassasalari o‘qitish tarixiga bir nazar tashlash ayni paytda ta’lim metodlarini o‘rganishni osonlashtiradi. Shubhasiz, mazkur ta’lim metodikasi tarixiga oid manba muayyan darajada ta’limning metodik bo‘shliqlarini ma’naviy jihatdan to‘ldiradi, pedagog tarbiyachilarning pedagogik meros va xalq pedagogikasiga bo‘lgan katta ehtiyoj va qiziqishlarini qondiradi.
Keyingi vaqtlarda taraqqiy etgan mamlakatlarning ukuv muassasasi sohasidagi yutuq va tajribalarini o‘rganishga uni bizning sharoitimizga joriy etishga e’tibor kuchaydi.
Shuningdek, xalq ta’limi ko‘lamiga inqilobgacha bo‘lgan o‘qitish tartibining turlari (lisey gimnaziya) ham dadil kirib kelmoqda. Bunga mamlakatimizda gimnaziyalarning ochilishi, liseylarni ochilishini misol qilib keltirish mumkin.
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasidir. “INSERT” jadvali - Talaba mustaqil o’qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o’zlashtirgan ma’lumotlarni bog’lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. O’qituvchi insert jadvalini to’ldirish qoidasi bilan tanishtiradi va talabalar alohida o’zlari to’ldiradilar. O’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o’zlari tizimlashtiradilar, jadval ustunlariga matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq kiritadilar: “V”- men bilgan ma’lumotlarga mos; “-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid; “+” - men uchun yangi ma’lumot; “?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to’ldirish talab etiladi.
Insert jadvalidan mashina detallari fanining bo’limlari boshlanishdagi ma’ruzalarda qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki bunday ma’ruzalarda umumuy ma’lumotlar ko’plab beriladi. B/BX/B JADVALI- Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar- “Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar. Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar. Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3 bo’limni to’ldiradilar.



BILAMAN

BILISHNI XOHLAYMAN

BILIB OLDIM










B/BX/B jadvalidan mashina detallari fanining har bir ma’ruzalarda qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaba ushbu jadval orqali bilgan ma’lumotlarini mustahkamlab oladi, o’zi xoxlagan ma’lumotlarga ega bo’ladi. Nima uchun sxemasi- muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri.


Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. Nima uchun sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik gurhlarda muammoni ifodalaydilar. Nima uchun so’rog’ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi. Nima uchun?» chizmasini tuzish qoidalari; 1. Aylana yoki to’g’ri to’rtburchak shakllardan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz. 2. Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g’ri chiziqlimi, to’g’ri chiziqli emasligini o’zingiz tanlaysiz. 3. Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan yo’nalishingizni belgilaydi.
Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunuvchi “Qanday?” diagrammasi.
Muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi, mantiqiy savollar zanjiri. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmlarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar Diagrammani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagrammani tuzadilar «Qanday?» diagrammasini qurish qoidalari 1. Ko’pgina hollarda muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to’g’risida o’ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan muammo, uni yechishda “buni qanday qilish kerak?”, “qanday”asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bo’ladi.
“Qanday” savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi: muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo’llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunadigan g’oyalar tuzilmasini aniqlaydilar. Diagramma strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi. Muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro’yxatiga mos keladi.
2. Barcha g’oyalarni o’ylab o’tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak; Diagramma hech qachon tugallangan bo’lmaydi: unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin; Agarda chizmada savol uning “shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bo’lishi mumkin; Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda: daraxt yoki kaskad ko’rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o’nga qayd qilinishini o’zingiz hal etasiz; Agarda siz o’zingizga to’g’ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo’nalishini namoyon bo’lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi.
VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Diagramma Venn tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik gurhlarda diagramma Venni tuzadilar va kesishmaydigan joylarni to’ldiradilar. Ushbu diagrammadan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda hamda mustaqil ish topshiriqlari sifatida foydalanish mumkin. Mavzuda keltirilgan mexanizmlarni solishtirish, taqqoslash, taxlil qilish talabalarda mexnizmlar to’g’risidagi tushunchalarni va tasavvurlarni albatta boyitadi.
Yuqorida keltirilgan metodlardan tashqari “Nilufar guli”, “Piramida” interfaol metodlaridan ham foydalanish mumkin. Ishlab chiqilgan metodlar bo’yicha pedagogik yangiliklar quyidagi tiplar va mayda tiplarga bo’linadi: 1. Ta’lim metodining tuzilmaviy aloqadorligi bo’yicha yangiliklar maqsadlarda, vazifalarda, ta’lim va tarbiyaning mazmunida, shakllarida, usullarida, o’qitish texnologiyalarida, o’qitish va ta’lim vositalarida, diagnostika tizimida, nazoratda, natijalarni boshqarish va b.da. 2. Ta’lim subektining shaxsiy yondashuviga ko’ra o’quvchi va pedagog qobiliyatlarining rivojlanishi sohasida, ularning bilim, ko’nikma va malakalari, faoliyat usullari, layoqatlilik sohasidagi rivojlanishida. 3. Pedagogik qo’llanish sohasi bo’yicha: o’quv jarayonida, o’quv kursida, ta’lim sohasida, ta’lim tizimi va darajasida, o’qitish tizimi darajasida, ta’limni boshqarishda. 4. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro faoliyatidagi tiplar bo’yicha: jamoaviy o’qishda, guruhli o’qishda, alohida o’qishda, repetitorlikda, oilaviy o’qishda va boshqalarda. 5. Amalga oshirish (yo’lga qo’yish) usullari bo’yicha: rejali, tizimli, davriy, stixiyali, tasodifiy. 6. Ijtimoiy pedagogik ahamiyati bo’yicha: ma’lum tipdagi ta’lim muassasalarida, pedagoglarning aniq kasbiy-tipologik guruhlari uchun. 7. Novatorlik tadbirlarning hajmi bo’yicha: tor doirada, ommaviy, global ko’rinishda. 8. O’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin daraja bo’yicha: korrektirovkali, modefikatsiyalash, modernizatsiyalash, radikal, inqilobiy ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Misol uchun pedagoglardagi ta’limiy refleksiya bo’yicha innovatsiya o’qitishni diagnostika qilish tizimiga munosabat nuqtai nazaridan ham, o’quvchilar faoliyat usullarini rivojlantirish, o’quv jarayonida qo’llash ko’lami yoki usuliga ko’ra ham, sharoitga yangilik kiritish va shu kabi boshqa jihatlardan ham tavsiflanishi mumkin.
Demak, pedagogik innovatika metodologiyasi pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va qo’llashga aloqador bo’lgan asos va tuzilish to’g’risidagi bilimlar va faoliyatlar tizimidir. Pedagogik innovatika metodologiyasi sohasiga bilimlar va shunga muvofiq faoliyatlar tizimi kirib, u nazariy ta’limot uchun xarakterli bo’lgan o’ziga xos prinsiplar, qonuniyatlar, asosiy tushunchalar va ular o’rtasidagi bog’liqliklar, vositalar, qo’llash sohalari va chegaralarini o’rganadi, izohlaydi va asoslaydi. Jamiyat rivojining bugungi kundagi bosqichi bevosita, texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi o’zgarishlar va texnologiyalar rivojlanib, kuchayib bormoqda. Insonlarda axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanishga bo’lgan ehtiyoj kuchaymoqda va ular takomillashmoqda.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin