N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə46/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: guruhlarda hamkorlikda ishlashni tashkil etish texnologiyasi. hamkorlikda o‘zaro o‘qish. ta'limni tashkillashtirish shakllari, ta'lim shakllari, ommaviy, jamoaviy, guruhli va yakka tartibli


Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. Juftlik va kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tish qaysi jihatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi?

  2. Talabalarning samarali ishlashi uchun kichik guruhlarda qanday qoidalarga amal qilish kerak?

  3. Kichik guruhlarda ishlash talabalarga nimalarni o‘rgatadi?

  4. Kichik guruhlarga bo‘linib, dars o‘tishning asosiy fazalari va ularning mazmunini aytib bera olasizmi?

  5. Metodning afzalliklari nimada? Kamchiliklarichi?

  6. Sizningcha, kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning qaysi modellarini qo‘llash imkoniyati katta?

10-MAVZU. O’QITISH JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN TA’LIM VOSITALARI
Reja:
10.1.Ta’lim vositalari: tushuncha va mazmuni
10.2. Grafikli organayzerlar texnikasi


10.1. Ta’lim vositalari: tushuncha va mazmuni
Ta’lim vositalari - o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
Ta’lim vositalari: 1. Ta’lim berishning texnik vositalari (TTV); 2. Yordamchi ta’lim vositalari (YOTV); 3. O‘quv - uslubiy materiallar (O‘UM).
Ta’limning texnik vositalari (TTV) - o‘quv materialini ko‘rgazmali
namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv
materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi.
Yordamchi ta’lim vositalari (YOTV) – grafiklar, chizmalar, namunalar va
h.k. boshq.
O‘quv - uslubiy materiallar (O‘UM) - o‘quv materiallar, o‘zlashtirilgan
o‘quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar. Talabalarni o‘quv - bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog‘liq: 1) maqsadni belgilash; 2) asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga; 4) o‘quv materialining yangiligi va murakkabligiga; 5) talabalarni o‘quv imkoniyatlariga.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin