N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə47/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: Maqsadni belgilash; O‘quv axborot mazmuni; Ta’lim vositalari; Yetakchi bilim manbai;
O‘quv materialining yangiligi va murakkabligi
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

  1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchi- talabalar bilan muloqoti.

  2. Muloqotning vazifalari:

- shaxsni tanish, axborot almashish;
- kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- muloqotdan olinadigan tasavvurlar;
- muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
- pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi
- ishga ijodiy yondashish va boshqalar.
Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
- o‘quvchi-talabaga bo‘lgan qurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baqo va uni mezonlash.
- xatti-qarakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va va subyektni qabul qilish;
- baxo berish usullarini tanlash, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘z imkoniyatini taqlil etishi va ta’sir samaradorligini oshirishi);
-pedagogik baqolash texnologiyasi.
3. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «rasional axborot berish» tushunchalari, demonstrasion va ko‘rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suqbat, qamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazmalar va obrazlar;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- demonstrasion va ko‘rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigiyenik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstrasiya qilish texnologiyasi.
4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt sub’yektlari orasidagi qaramaqarshiliklar, bo‘sh va mazmunli konflikt;
- holat taqlili (voqeani aniqlash);
- konflikt;
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining inson saloqiyati va texnik resurslarni qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’yektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi- talabalarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy qodisa yoki boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat maqsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.
Professor N.Sayidaxmedovning fikricha, «Texnologiya – bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi:
- samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish;
- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;
- o‘qitish davomida tuzatishlar eqtimolini loyiqalash metodiga tayangan qolda yo‘qotish;
- ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu soqadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib qisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiyani pedagogika fanining aloqida tarmoqi sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi:
1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos qolda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy qolda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi niqoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar qam mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi. Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan boqliq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.
Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir.
Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba–kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida qam mavjud bo‘lgan.
Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom-ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog’liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi.
Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari(EHM)ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan boqliqdir.
Shu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi.
Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizasiyalashni talab etadi. Chunki pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizasiyalashni amalga oshirmay turib qo‘llangan qar qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning taqsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muqit yaratadi.
Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’yekti sanaladi va pedagog bilan qamkorlikda yagona ta’lim jarayonining sub’yekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Umuman, pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog’liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar yig’indisini anglatishi lozim.
Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma- xildir:
• Texnologiya-biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar yig’indisidir (Izohli lug‘at).
• Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iboratdir (B.T.Lixachev).
Yangi pedagogik texnologiya. “Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida maqsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi.
Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviasiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmasevtika, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik meqnati va metod, usul, vosita qamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta’lim va tarbiyasi qamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan boqliq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Yangi pedagogik texnologiya-bu ta’lim va shaxsning rivojlanishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning loyihasi. Yangi pedagogik texnologiyani asosiy vazifasi-shaxsning rivojlantirish va o‘qitish jarayonining usullarini hayotga tadbiq etishdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni mezonlari: samaradorlik, boshqarish, qaytalash. Boshqarish o‘z ichiga rejalashtirishni, loyihalashtirishni, o‘qish jarayonini diagnostikasini qamrab oladi.
Samaradorlik o‘quv jarayonida aniq sharoitlarda aniq natijalarga erishishdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayonida yuqori malakali, raqobatbardosh talaba kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini ko‘tarish, talabalarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda iqtisodiy ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan va ijobiy natija berayotgan texnologiyalar xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Fikrlar hujumi (aqliy xujum) Bu usulni maqsadi: katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.
Bu usul A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan, Nizomiy nomidagi TDPUda innovasion texnologiyalar markazi ham tavsiya qilgan usullardan. Bu usulning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g‘oyalar tanqidini mutloq taqiqlash, har qanday luqma va hazil mutoibani rag‘batlantirishdir. Biz «Fikrlar hujumi usuli»ni 10-15 talabalardan iborat guruhlarda o‘tkazdik. «Pedagogika va iqtisodiyot», «Pedagogikani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi», «Didaktika», «Didaktikani usullari» va hokazo mavzularni o‘tganda ishlatish mumkin. Bu usuldan foydalanishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pedagog mashg‘ulot rahbariga bog‘liq.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin