N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə55/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Doskastend mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitish vositasi.
Stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doskastendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izoh sharhlar va hokazo kartochkada aks etirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr-mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo‘ladi.
Doskabloknot bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o‘quv xonasiga osib qo‘yish mumkin.
Ko‘rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu ko‘rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proyektor va boshqa texnik vositalardan keng foydalanish mumkin.
Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazib qo‘yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo‘llaniladigan texnik vositalardan kodoskop, proyektordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositalardan biri bo‘lib, darsda ko‘rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Dars o‘tishda keng qo‘llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o‘tish oson texnik vosita kodoskop va proyektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proyektor ko‘proq ishlatiladi. Boshqa vositalar kabi proyektorning ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Proyektor bilan ishlashning afzalliklari:

  • dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi;

  • plenkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin;

  • turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,

  • bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;

  • kerak bo‘lmagan qismini yopib qo‘yish mumkin.
Proyektor bilan ishlashning kamchiliklari:

  • talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;

  • plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko‘p vaqt talab qiladi;

  • proyektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong‘i bo‘lishi kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mumkin.



12.4. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish

Hozirgi paytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko‘rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo‘llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda.
Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Ayniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:

  • o‘quvchi talabalarga o‘rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo‘yicha to‘liq, ishonchli axborot berish;

  • o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish;

  • talaba, o‘quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish;

  • o‘qituvchining o‘quvchi, talabalarning bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan bog‘liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish;

  • talaba o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot, to‘la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.

Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o‘rinda multimedia turadi.
Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animasiya (ob’yektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Axborotning xilmaxil turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalarni bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Muьtimediada ishlashning quyidagi afzalliklari bor:

  • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoni yaratiladi;

  • ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;

  • ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;

  • olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniga erishiladi.

POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multimedia tayyorlash va dars jarayonida qo‘llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko‘rsatilmoqda. Multimediadan o‘quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxiroqibatda elektron darsliklar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo‘l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yetishmasligidir. Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSH ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o‘rtasida konkurslar o‘tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o‘xshash iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan choratadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo‘q. Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘quv videofilmlari juda kam. Biroq ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o‘qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo‘llanmalarning elektron versiyalarini yaratilishi, o‘qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin