N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə53/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tayanch iboralar: pedagogika, psixologiya, didaktika, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan innovatsion texnologiya, kompetensiya, loyihalash metodi


Takrorlash va munozara uchun savollar:

  1. Iqtisod fanlarini o‘rganishda loyihalash metodi qanday o‘rin tutadi?

  2. Sizningcha, bu metodni qanday mavzu yoki savollarni o‘rganishda qo‘llagan ma’qul?

  3. Loyihalash metodining asosiy bosqichlarini aytib bera olasizmi?

  4. Boshqa hech qaysi metod o‘quvchi, talabalarda bu metodga o‘xshab mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

  5. Siz loyiha taqdimotida nimalarga ahamiyat bergan bo‘lardingiz?
12-MAVZU. KO‘RGAZMALI QUROLLAR VA TARQATMA MATERIALLARDAN FOYDALANISH

Reja:
12.1. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmalilik
12.2. Dars jarayonida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurol turlari
12.3. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalar. Ularning turlari, tutgan o‘rni
12.4. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish


12.1. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmalilik
Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy prinsiplaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish talabalarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi. Ko‘rgazmali qurollar yordamida bir vaqtning o‘zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilish shubhasiz talabalarni puxta bilim olishlariga yordam beradi.
Ko‘rgazmali qurollar xilmaxil. Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan turli tuman yangi metodlar, ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Ko‘rgazmalilik, odatda, xayolan ko‘z o‘ngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan ta’minlanadi. Ko‘rgazmali qurollar: nomoddiy va moddiy turlarga bo‘linadi.
Dars jarayonida so‘z bilan o‘qituvchi tomonidan yodga tushirish, talabalarning xayolida gavdalantirish mumkin bo‘lgan ichki, xayoliy ko‘rgazmali qurollar: adabiyot, san’at asarlari, badiiy film, badiiy asar qahramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vaziyatlardan odatda keng foydalaniladi.
Darsni boshlaganda o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni talabalarning yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, talabalar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yo‘naltirish uchun adabiyot, sa’nat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berish mumkin. Bu yangi mavzuni o‘rganishga talabalar ruhi, kayfiyatini tayyorlaydi. Masalan: «Tovar – pul nazariyasi» mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga murojaat qilish mumkin: suvni hamma biladi. Usiz hayot yo‘q. Shunga qaramay u tekin yoki narxi juda arzon. Brilliantni ko‘z o‘ngizga keltiring. Usiz yashash mumkin. Lekin juda qimmat, nima sababdan?
Bugungi darsda ana shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. O‘qituvchi mavzu, uning maqsadi xaqida gapirib, so‘ngra dars rejasini beradi.
Mashg‘ulot jarayonida ko‘rsatib, izohlash mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar jadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish talabalarning bilimini puxtalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Darsda doskani ishlatish ko‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yo‘q auditoriyalarda plakat, sxemalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
An’anaviy ko‘rgazmali qurollar bu sxema va plakatlar bo‘lib, odatda sxemalar standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma, boshqalar chizilgan bo‘ladi. Plakatlar esa nashr qilingan ko‘rgazmali qurol hisoblanib o‘tiladigan mavzular bo‘yicha tanlab olinadi.
Sxema, plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda ko‘p vaqtni oladi. Xato qilinsa, o‘zgartirish qiyin. Shuning uchun hozirgi paytda vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan ko‘rgazmali qurollar o‘rniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay zamonaviy turlari, ayniqsa, dars jarayonida slaydlardan foydalanish keng yoyildi.
Slaydlar ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy o‘quv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istagan paytda foydalanish, ish o‘rni o‘zgarganda oson ko‘chirish mumkin.
Jadval, sxema, grafik, diagrammalardan foydalanish universal: avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida ko‘rsatilishi; vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo‘q auditoriyada foydalanish; kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish; disketga kiritib, kompyuter orqali ko‘rish, tahlil qilish mumkin.
Ko‘rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o‘tishning barcha shakllari, uslublarida qo‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko‘rgazmali qurollarsiz o‘tib bo‘lmaydi.
Tarqatma materiallar va ularning tutgan o‘rni

O‘tilayotgan darsda talabalarga axborot yetkazish, ularni darsni puxta o‘zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta’minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta.
Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo‘lida bo‘lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (12 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi.
Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan: a) axborot beruvchi, b) topshiriq beruvchi, v) bilimni nazorat qiluvchi guruhlarga ajratish mumkin.
Axborot ko‘lami katta bo‘lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha axborotni talabalarga to‘liq yetkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo‘lib, darsga tayyorgarlik ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari:
Talabalarga raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni og‘zaki yetkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga ham imkon bermaydi.
Miqdor jihatdan ko‘p maьlumotlarni doskaga yozib, tushuntirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi.
Bu jihatdan ko‘rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.
O‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga ham, qo‘llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma’lumotlar talabalar qo‘lida bo‘lishi, ularni ko‘rib turishi, tushunishi, anglashini osonlashtiradi.
Tarqatma materiallar talabalarga topshiriqlarni qamkorlikda ishlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi varaqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo‘lib yoki individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni to‘ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo‘lishi mumkin.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish nazorat qilishda xam keng qo‘llaniladi. Bunda nazorat varaqalari tarzida tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo‘lishi mumkin.


12.2. Ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish

O‘qituvchi biror-bir mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol tayyorlar ekan, o‘quvchi-talabalar mavzuning mazmunini tushunib yetishlari uchun uni qanday tasvirlashni ko‘rib chiqadi. Masalan, iqtisodiyotni o‘rganishda sarf-xarajatlarni, ularni o‘zgarishini o‘rganish o‘ta muhim. Umumiy xarajatlar, doimiy xarajatlar, o‘zgaruvchi xarajatlar, me’yoriy xarajatlar, umumiy tushum, xarajatlarni qoplash nuqtasi, yalpi foyda va boshqalarni og‘zaki gapirib o‘tgandan mana bunday chizmani slayd qilib tayyorlab, foydalanish talabalarning mavzuning mohiyatiga tushunishi hamda yodida qolishiga yordam beradi.
Ko‘p miqdorda raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni, taqqoslanishi lozim bo‘lgan har xil qarashlarni turlicha jadvallarda bergan ma’qul. Ularni tushunish, tahlil qilish osonlashadi. Bularni avvalgi boblarda ko‘rib o‘tganmiz. Agarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ulushini yoki tarkibini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, doira shaklidagi diagrammalardan foydalangan ma’qul. Masalan, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi yoki mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi, korxonaning asosiy kapitali tarkibi va hokazo. Chunki bunday diagrammada bu ko‘rsatkichlarning salmog‘i aniq ko‘rinadi. Ularni taqqoslash, xulosa chiqarish oson bo‘ladi.
Agarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar taqqoslanishi kerak bo‘lsa, ustun tarzidagi diagramma yoki grafik tarzda tasvirlagan ma’qul. Chunki bunday shaklda ko‘rsatkichlarni taqqoslash qulay, ularni qay darajada farqlanishi yaqqol ko‘rinib turadi.
Ayniqsa, POWER POINT dasturi mehnatni ancha yengillashtiradi va ularni nihoyatda turli-tuman tarzda tasvirlash imkonini beradi.
Dasturdan foydalanilganda o‘quvchi-talabalar diqqatini mavzuga qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda mavzuning nomi, rejasi, o‘rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni tushunish uchun zarur bo‘lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va boshqalarni berish mumkin. Muhim afzalligi ularni rang tasvirda berish imkoniyati katta.
Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, ularning katta kichikligiga, ranglarning didaktik funksiyasiga, ularning ishlatilishiga, matn beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanishga, ularni o‘quvchi-talabalar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishiga, ishlanish usullariga, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur.
Darsni ko‘ngildagidek o‘tishida ko‘rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega.

Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilinishi kerakki;

  • hamma o‘quvchi-talabalar namoyish qilinayotgan obyektni ko‘rishlari, iloji boricha faqat ko‘rish emas, sezish organlari bilan his qilishlari kerak.

  • obyektning muhim, asosiy tomonlari talabalarda katta taassurot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak;

  • o‘rganilayotgan obyektni sifatini mustaqil ravishda o‘lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak.

Real narsalarni namoyish qilish metodi ko‘proq tabiiy, texnika va texnologiya bilan bog‘liq fanlarni o‘rganishda qo‘l keladi. Ayniqsa, talabalarning o‘zi shu predmetlar, buyumlarni o‘z qo‘llari bilan ushlab ko‘rib, uni xossalarini o‘rganishlari bilish jarayonini faol amalga oshishiga yordam beradi.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda ham ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil qilishni boshqarishni o‘rganishda, sarf xarajatlar tarkibini, mahsulot sifati va boshqalarni o‘rganishda katta yordam beradi.
Namoyish qilish metodining o‘ziga xos davomi illyustrasiya hisoblanadi. Namoyish qilishda ko‘proq predmetlardan foydalaniladi. Illyustrasiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo‘lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Illyustrasiyaning o‘ziga xos turi adabiyot, kinofilm qahramonlari bo‘lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir.
Illyustrasiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytida ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifatida foydalanish keng qo‘llanilmoqda.
Illyustrasiyaning samaraliligi ko‘p jihatdan uni qanday tarzda qo‘llashga bog‘liq. Ko‘rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o‘rganishda qanday rol o‘ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki haddan tashqari ko‘rgazmali materiallar ko‘pligi, talabalarni mavzuni o‘rganishdan chalg‘itadi. Illyustrasiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko‘rsatiladi.
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq.
O‘qituvchi ko‘rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o‘qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlashi kerak.
Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin (gipoteza)ni,
ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq.
O‘qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum qoidalarga rioya qilishi lozim.
Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llash qoidalari:

  • Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermang.

  • Sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir matn uchun ikki-uchta tarqatma material tayyorlasangiz, ularga nom kod bering. Bu ularni ajratishni osonlashtiradi.

  • Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak.

  • Bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo) ishlatmang.

  • Matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak.

  • Varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak. Tarqatma materiallarda:

  • o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish;

  • olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida talabalar bilan mustaqil muhokama qilish;

  • ta’lim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish;

  • o‘quvchi-talabalarni darsga faol jalb qilish;

  • o‘quvchi-talabalarning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash;

Bularning hammasi dars jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o‘ziga xos kamchiliklar ham mavjud.

  • Tarqatma materiallar tayyorlash o‘qituvchidan ko‘p kuch va vaqt, yuksak mahorat talab qiladi.

  • Bir kishiga bitta tarqatma materiallar bo‘lishi kerak. Bu qo‘shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi.

  • Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e’tibor pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin