N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə51/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

M E Z O N L A R

Eng yuqori
ball

1. Tanlangan muammoning dolzarbligi

5

2. Muammoni o‘rganilganlik darajasi

5

3. Maqsad va vazifalarni aniq, tushunarli tarzda bayon
qilinishi

5

4. Tanlangan muammoning qisqacha mazmunini yoritilishi

5

5. Bajariladigan ishning qisqacha mazmunining yoritilishi

5

6. Ko‘rgazmali, namoyish materiallaridan foydalanish

5

7. Loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslar, ularning manbalarini ko‘rsatilishi va asoslanishi

5

8. Rasmiylashtirish sifati

5

Talabalar loyiha ustida ishlash jarayonida olgan bilimlaridan, bilish jarayonida xizmat qiladigan amaliy maslahatlardan foydalanishsa mustaqil tahliliy fikr yuritishga o‘rganadilar. Ularda yangi g‘oyalar topish, ijodiy fikrlashga, to‘g‘ri strategiya tanlash, aniq masalamuammolarni yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi ularning ishini kuzatadi, maslahatlar beradi, qo‘llab-quvvatlaydi.


Boshqa hech qaysi metod o‘quvchi-talabalarda bu metodchalik mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi.
Loyihalash metodi asosida dars jarayonini tashkil etishda o‘quv guruhi ichida ishchi guruhlari tuziladi. Ular o‘zlashtirish darajalariga qarab uch ishchi guruhga bo‘linadi. Bunda kuchli ishchi guruhlar mustaqil shug‘ullanganda, o‘qituvchi o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchi-talabalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishi uchun ko‘proq vaqt ajratiladi.
Ishchi guruhlar ishtirokchilarining o‘zlashtirish darajasi taxminan teng bo‘lganida ta’limda yuqori natijaga erishiladi. Bunday guruhlarni ta’lim oluvchilarning o‘zlari tuzgani ma’qul, chunki ular o‘zlarining qaysi guruhga mos ekanliklarini juda yaxshi bilishadi. 2 va 3-ishchi guruhidan 1-ishchi guruhiga o‘tishga imkon beriladi. Kichik guruhlarda har bir o‘quvchi yakka tartibda loyiha ishini bajargani uchun individual amaliy usuldan ham foydalanish mumkin.
Individual usulning laboratoriya usulidan farqi, talabalar o‘z faoliyati davomida olgan bilimlaridan foydalanib, amaliy vazifani hal etishga harakat qiladi. Ushbu usul talabalar bilimini chuqurlashtiradi, mahoratini oshiradi, shuningdek, ularning o‘rganish faoliyatini yanada kuchaytiradi.



Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin