N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə54/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Ko‘rgazmali qurol yoki namoyish qilinuvchi material va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda keng foydalanish mumkin.


12.3. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalar. Ularning turlari, tutgan o‘rni
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida o‘rin tutadi. Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.
Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proyektor, diaprosessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audiovideo kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo‘lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi.
Ta’lim vositalari real va texnik vositalar, hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi. Real ta’lim vositalari, odatda, iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish jarayonida kam ishlatiladi. Lekin texnik va chop etilgan o‘quv materiallari juda keng qo‘llaniladi.
Ta’lim vositalari bir-birini to‘ldiradi va dars jarayonida uyg‘unlashadi. Ta’lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o‘quv jarayoniga faol qatnashishiga ko‘maklashadi.
Kodoskop, proyektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin. Doska bo‘lmaganda zarur bo‘lgan narsalarni flomaster yordamida to‘ppa-to‘g‘ri yozib ko‘rsatiladi.
O‘qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani qo‘llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.
O‘quv jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.
Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin:

  • notanish so‘z, iboralarni yozish;

  • turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish;

  • rasmlar yordamida illyustrasiya qilish;

  • misollar yechish;

  • formulalar yozish va boshqalar.

Doska har bir auditoriyada bo‘lishi kerak. Dars paytida doskadan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o‘qituvchi ilgari dars o‘tmagan auditoriyada dars o‘tadigan bo‘lsa, doskaning o‘lchamlari, uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:

  • zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, birbiridan ajratish, chiziqlarni rangli bo‘r bilan chizish;

  • agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo‘lsa, avval xomaki nusxasini chizib ko‘rish;

  • doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taassurot qoldiradigan bo‘lishi kerak;

Doskaga aniq, talabalar o‘qiy oladigan qilib yozish kerak. Yozayotganda tushuntirishni to‘xtatib, yozib bo‘lgach, gapirish kerak. Chunki auditoriyada talabalarga orqa o‘girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg‘ash qiyin.
Doskada ishlashning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: ishlatishning osonligi, tayyorligi; o‘zgartirishlar kiritishning osonligi, darsni o‘tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi; qo‘shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarni moslashtirish; murakkab nisbatlarni ko‘rgazmali ifodalash mumkin; chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko‘rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi; yaxshi yodda qoladi; doskadan konspektga ko‘chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.
Kamchiliklari:

doskaga yozayotganda talabalarga orqa o‘girib turiladi, Auditoriya bilan o‘z qarash kontaktini yo‘qotiladi;
bir marta yozilgan narsa o‘chiriladi; yozish, chizishga vaqt ketadi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin