N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə57/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning sistematik tarzda, ya’ni doimiy, uzluksiz ravishda amalga oshirishdir. Ma’lumki, o‘quv jarayonini tashkil etishda qat’iy ketma-ketlik, uzviylikni muntazam olib borish talab qilinadi. Talaba auditoriyada olgan bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirish uchun har kuni mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Bugungi o‘tiladigan mavzuni yaxshi tushunishi va o‘zlashtirishi uchun o‘tilganlarni o‘z qobiliyati va olgan bilimi darajasini yanada chuqurlashtirishga intilishi, mustaqil takrorlashi, o‘rganishi zarur. Chunki ma’ruzada talabaga yo‘llanma beriladi. Dars davomida mavzuga tegishli barcha asosiy savollarni muhokama qilib bo‘lmaydi. Uning iloji yo‘q, ma’ruzada o‘tilgan, muhokama qilingan masalalarni psixologlarning tadqiqoti natijalariga ko‘ra, atigi 5 foizi talabalar yodida qolar ekan. O‘zi o‘qib o‘rgangani, o‘rganganlarini boshqalarga o‘rgatishi esa bir necha baravar ko‘p yodida qolar ekan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, talabaning o‘zini mustaqil tayyorlanib o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol o‘ynaydi.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog‘idan samarali foydalanish;

  • berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;

  • natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchiliklarni qayta ishlash.

  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.

13.2. Mustaqil ishni tashkil qilishning shakllari, xususiyatlari va tamoyillari

Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lib, ularni bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan. Uni har bir talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya’ni talabalar o‘z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin