N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə58/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni talabaning o‘zi tashkil qiladi. Shuning uchun uni rejalashtirish, vaqtini rasional taqsimlashda talabaga yordam lozim.
Mustaqil ishni bajarish uchun talaba o‘zinio‘zi majbur qilishi kerak. Bunda ham subyektiv omil asosiy o‘rinda turadi. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etishda o‘qishni boshqa shakllariga o‘xshab, umumiy prinsiplar mavjud. Mustaqil ishni shu prinsiplar asosida tashkil qilish kerak. Mustaqil ishni tashkil etishda oddiy elementar prinsiplarni o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega va ana shu murakkab jarayonni to‘laligicha qamrab oladi.
Har bir talaba mustaqil ishni tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Unga qanday maqsad qo‘yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalanilishini aniq ko‘z oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas. Mustaqil ishni qanday bajarishni har bir talabaning o‘zi tashkil etadi. Muvafaqqiyatga erishish uchun talabaning o‘zi sabrtoqat bilan, mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘z ustida ishlashi kerak. Buni esa talabaning o‘zi rejalashtiradi va amalga oshiradi.

  1. Mustaqil ishni bajarishni tashkil qilishning asosiy prinsipi uning muntazamligidir. Har bir talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo‘yicha tabaqalashtirgan holda rejalashtirishi kerak. Undan kelib chiqib, talaba o‘z haftalik rejasini kunlar bo‘yicha tuzadi. Muctaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda talabaga hech narsa bermayotganday, hech qanaqa yordami yo‘qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, a’lochi talabalar o‘z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar.

O‘zlashtirish bo‘yicha fakultet muvaffaqiyatini ham talabalarning o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, uni bajarishi bilan bog‘lash mumkin.


  1. Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin