N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


O‘qitish mazmuniga o‘quv reja va dasturlar taqdim etilishi



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə32/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

7.3. O‘qitish mazmuniga o‘quv reja va dasturlar taqdim etilishi
Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ifodalangan.
O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.
O‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasasida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat hujjatidir. Unda o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va o‘sha fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi. O‘quv rejasi – davlat hujjatidir.
Ta’lim muassasalarining yagona o‘quv rejasi ta’lim vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslaniladi:
O‘quv rejasi o‘quv – tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad – ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
Ta’lim muassasalarining birligi o‘z qoidalariga asoslanadi.
Ta’lim muassasalarida bir butun tugal bilim beriladi.
O‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi qaysi bosqichda o‘qitilishi, ajratilgan soati, talabalarning yoshi va bilim saviyasiga qarab beriladi. Fanning hajmi, og‘ir – yengilligi, didiaktik ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O‘quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta’limning ilmiyligi, g‘oyaviylik hamda O‘zbekistonning kelajagiga munosib barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar,
ishlab chiqarish asoslari, san’at va jismoniy tarbiya, sog‘lom avlodning ma’naviy qiyofasi asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘quv dasturi – o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy – siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi bosqichda alohida fanlar bo‘yicha talabalarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o‘quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan talaba o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
Darslik – o‘quv jarayonining zarur qismidir. Ko‘p vaqtlardan beri u o‘qitishning eng muhim vositasi hisoblanar edi.
Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda ayrim fanlardan o‘quv qo‘llanmalar ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug‘at kitoblari va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Talabalar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash tarbiyalanuvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq-odob, nutq va tafakkurning va mustaqil fikrning rivojlanishiga yordam beradi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin