N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə26/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Tahliliy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, muammo savollar orqali yechiladi. Shuning uchun dars jarayonida savol orqali talabalarda o‘z fikrini asoslash ko‘nikmasini hosil qilish katta ahamiyatga ega.
O‘quv rejasi bo‘yicha savoljavoblar yordamida talabalar o‘quv jarayoniga jalb etiladi. Shu yo‘l bilan talabalarda fikr–mulohaza yuritish, o‘z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg‘otiladi. Chunki, talabalar bir tomondan savollarga javob berishadi, ikkinchi tomondan esa, o‘zlari savol berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim berish va o‘qitish, o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi suhbat tarzida ham kechadi. Savolni to‘g‘ri berishning o‘zi fikrlay bilishdan dalolat beradi. Shuning uchun darsda faqatgina o‘qituvchi emas, balki talabalar ham bir-birlariga savol bilan murojaat qilishlari, ayniqsa, kichik guruhlarga bo‘linib dars o‘tganda o‘zaro fikrlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar talaba savol berishni o‘rganmasa, o‘zining bilimi sayozligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Biz savol tuzib, unda o‘z fikrimizni ifodalashimiz tufayli boshqalarni ham o‘ylashga, o‘rganishga undaymiz.
O‘qituvchining savoli talabalarni fanni o‘rganishda boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan savollar, ularning mohiyati va vaziyatga ko‘ra qo‘llash, talabalarni tahliliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin.
Bunday metod asosida dars o‘tganda talabalar soni 25-30 nafardan oshmagani ma’qul. Talabalar iloji boricha birbiriga nisbatan yuzmayuz o‘tirgani ma’qul. Eng maqbul holat «P» shaklida joylashtirishdir, lekin hamma vaqt ham bunday shaklda dars o‘tkazib bo‘lmaydi. Sababi, auditoriyada bunga imkoniyat yo‘q. Ko‘pgina ilg‘or pedagoglarning fikricha, stollarni «archa» shaklida joylashtirgan ma’qul. Ya’ni, har bir talaba o‘qituvchiga nisbatan yarim burilishda joylashadi. Savol-javob, davra suhbati tarzida dars o‘tilganda stollarni yarim doira shaklida joylashtirish mumkin.
Hamma vaqt ham auditoriya talabga javob beradigan darajada bo‘lmasligi mumkin. U holda imkoniyatga, talabalar joylashishini dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodga ko‘ra, ta’minlashga harakat qilinadi.
O‘qituvchi talabalarda shunday qiziqish uyg‘otishi kerakki, uning rahbarligida o‘quv materiali butun guruh tomonidan birgalikda o‘rganilishi, muhokama qilinishi, ishlab chiqilishi kerak.
Dars muvaffaqiyatli o‘tishi uchun o‘qituvchi tomonidan auditoriyada ijobiy atmosfera yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Har bir talaba o‘z fikrini, tug‘ilgan savollarni bemalol ayta olishi hamda darsda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun faol qatnashishi kerak.
O‘qituvchi esa savollar yordamida butun guruhga bir xilda ta’sir qilishga, qo‘yilgan savollarga, muammolarga hech bo‘lmaganda qoniqarli javob olishga harakat qilishi kerak.
O‘quv rejasi bo‘yicha xilmaxil savollar orqali talabalar bilan atroflicha suhbat o‘tkazish o‘qituvchidan chuqur, maxsus bilim, oxirgi yangiliklar, o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishni talab qiladi. Chunki o‘qituvchi talabaning har qanday savoliga javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. O‘qituvchi dars jarayonida nafaqat talaba bilan hamkorlikka tayyor turishi, balki hamkorlik qilishi kerak. Shundagina dars berishdan qo‘yilgan maqsadga izchillik bilan erishiladi.
Maqsad esa quyidagilar:

  1. Belgilangan vaqt davomida o‘quv materiallarini o‘rganish va xotirada saqlab qolish.

  2. Bosqichma-bosqich mantiqiy fikr yuritishga o‘rganish.

  3. O‘qishdagi oraliq maqsadlarga erishish (masalan, o‘rtog‘ining fikrini tahlil qilib, tanqidiy o‘rganish).

Ma’lumki, savollarsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Savollar asosida dars o‘tish bu eng ko‘hna va shu bilan birga hech qachon eskirmaydigan metoddir. Ta’lim jarayonini qanday metodlar asosida tashkil qilishimizdan qat’iy nazar, albatta savollardan foydalanamiz.
Aniq yo‘naltirilgan savollar asosidagi suhbat o‘qituvchining ko‘rsatmalari bo‘yicha olib boriladi. Suhbatning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan savollarni to‘g‘ri qo‘yishga bog‘liq. Ilgarigi mavzuda ko‘rib o‘tilgan savollar alohida yoki tizim shaklida qo‘yilishi mumkin. Savollar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Savollar qo‘yilishi tarzi, mazmuni, maqsadi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin.


  1. Yüklə 398,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin