N amangan viloyati Davlatobod tuman xtb tasarrufidagi 90-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Isakdjanova Munisxonning ona tili fanidan tayyorlagan



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə3/4
tarix26.05.2022
ölçüsü121,5 Kb.
#59609
1   2   3   4
Jo\'nalish kelishigi Munisxon oya

III.Yangi mavzu bayoni: “Jo‘nalish kelishigi mavzusi yuzasidan mustahkamlash”
-Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchalari so‘zlarga –ga, -qa, -ka tarzida qo‘shiladi. Agar so‘z k tovushi bilan tugasa, -ka qo‘shimchasi, so‘z q tovushi bilan tugasa, -qa qo‘shimchasi, agar so‘zlar boshqa tovushlar bilan tugasa –ga qo‘shimchasi qo‘shiladi.
Tezkor raketa” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi.
-Raketada berilgan so‘z birikmalarining tushib qolgan qo‘shimchalarini o‘z o‘rniga qo‘yib so‘zlarni yozing. Raketa har bir qatorda orqadan oldinga tomon harakatlanadi. Buning uchun tezkorlikda, ahillikda va juftlikda ishlashingiz kerak. (Raketalar magnit doskasiga qo‘yiladi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib, o‘z javoblarini taqdimot qilib beradilar.)

Darslik bilan ishlash. 232-mashq. (Doskada bajariladi)

Berilgan fe’lga mos ot tanlab, birikma tuzing va yozing.


Boqqa bordi. Onasiga aytdi.
Maktabga bordi. Do‘stiga aytdi.
Ko‘rikka bordi. Hammaga aytdi.
Mehmonga bordi. O‘qituvchiga aytdi.

  • Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi otni qaysi turkumdagi so‘zga bog‘laydi?

233-mashq. Nuqtalar o‘rniga –ga, -ka, -qa qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib o‘qing. Jo‘nalish kelishigidagi otlarning aytilishi va yozilishidagi farqni tushuntiring.
Yangi yilda o‘yimiz, Ilindi Cho‘rtan
O‘ssa osmon bo‘yimiz. Qarmoqqa.
Ko‘kka tegsa archamiz, Kimdir tortqilar
Oyga qo‘nsa sharchamiz, Qirg‘oqqa.
Oy aylansa saroyga, Bolalar turdi
Oyda o‘ynasak poyga, Oyoqqa.
Minishib yulduz toyga. - Onajon, to‘xtang!
Quddus Muhammadiy Qayoqqa?!
Anvar Obidjon

  • Jo‘nalish kelishigidagi otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiring. Jo‘nalish kelishigidagi otlarning tagiga tegishlicha chizing. “Onajon, toxtang!” nimaning gapi?

  • Jo‘nalish kelishigidagi otlar gapda qaysi bo‘lak vazifasida keladi?



Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin