N amangan viloyati Davlatobod tuman xtb tasarrufidagi 90-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Isakdjanova Munisxonning ona tili fanidan tayyorlagan
Ushbu dars ishlanma 4-sinflarda ona tili darslarida “Jo‘nalish kelishigi “ mavzusida tayyorlagan bo’lib, yangi pedagogik texnologiya asosida dars o’tishga yo’naltirilgan .
Tuzuvchi: 90-sonli umumta'lim maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi M.Isakdjanova
Taqrizchi: 90-sonli umumta'lim maktab boshlang’ich sinf o’quv ichlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Tojiboyev
Davlatobod tuman metodika markazi qoshidagi o’quv metodik kengashining 20____ yil "___"______ kuni bo’lib o’tgan yig’ilishning ________sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Sana: Sinf: 4-sinf
Fan: Ona tili
Darsning mavzusi: Jo‘nalish kelishigi
Darsning maqsadi: Ta‘limiy:o‘quvchilarning otlarni gapda kelishik qo‘shimchalari bilan bog‘lanishi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, so‘roqlari va vazifasi, so‘zlarda –ga, -ka, -qa tarzida qo‘llanish qoidalari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlanadi..
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalanadi. Ona Vatanga muhabbatli bo‘lish, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatiladi.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda imloviy va husnixat ko‘nikmalarini rivojlantiriladi. Lug‘at boyliklarini oshiriladi.
Dars turi: o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalaarini mustahkamlovchi dars
Dars metodi: suhbat, “O‘z-o‘zini tekshirish” metodi, “Tezkor raketa” ta’limiy o‘yini, juftlikda ishlash, saylanma diktant, test.
Dars jihozi:didaktik materiallar, testlar, multimediali ilova, “No‘xatpolvon” qo‘g‘irchog‘i, rag‘bat uchun quyosh nurlari va har bir o‘quvchi uchun quyosh tasviri, proyektor, mavzu asosida tayyorlangan slayd, mazmunli rasmlar.