111
30x30 smli kvadratlar chizib olinadi. Shu kvadratlarning ichiga to‘g’ri
chiziqlar ko‘z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang).
To‘g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so‘ng har xil qiyaliklardan
va aylanalar shaklidan iborat bo‘lgan mashqlarga o‘tiladi (rasmga qarang).
Bunday mashqlarni bajarishda qo‘lning harakatiga alohida e’tibor berish
zarur. Mazkur rasmlarni o‘quvchilarning o‘zlari
dars boshlanishidan oldin
bajarishni mashq qilib ko‘rishlari mumkin, chunki bu ularning qo‘l harakatini
o‘stirishga yordam beradi. O‘quvchilarga harflarning yozilish usullarini
tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf
taxtasida yozib ko‘rsatish lozim. O‘qituvchi
harf va uning unsurlarini
o‘quvchilarga o‘rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim.
1. O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki,
sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o‘quvchilarga aniq
ko‘rinib tursin.
112
2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo‘ymaslik kerak, chunki
o‘quvchilar o‘qituvchining yozayotgandagi qo‘l harakatlarini ko‘rmasalar,
harflarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib oladilar.
Har bir harfning yozilishini o‘quvchi to‘g’ri o‘zlashtirib
olishi uchun
dars jarayonida tushuntirib, ko‘rsatib yozish maqsadga muvofiqdir.
3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf
taxtasining to‘g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o‘quvchilarga ko‘rinarli
bo‘lgan yeridan boshlash va harflarning kata-kichikligini
doim bir tekisda olib
borish kerak.
Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko‘rgazma qurollarining harflari
sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo‘lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50
sm o‘lchamda bajarish mumkin.
Ko‘rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga,
yozilishiga yoki biron
mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo‘lish
mumkin: 1) tekstli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash.
Ayrim o‘qituvchilar ko‘rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor
bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir
jadval o‘z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi,
shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida
har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz.
1.
Dostları ilə paylaş: