4
Kirish
Mamlakatimizda
ta’lim
sohasida
olib
borilayoygan
yangilanish,
modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g’inlari jumladan,
oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni
tayyorlash, ularda yangi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni, o‘z ustida ishlash,
zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli
foydalana olish mahoratini
oshirishni taqozo etmoqda. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun
talablari asosida tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani ham ustuvor
vazifalarni bajarishda salmoqli o‘rinni egallaydi.
Zamonaviy ta’limda ta’lim
muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va
innovatsion
texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi
zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan
sanaladi.
Mamlakatimizda
pedagog
kadrlarni
tayyorlash
jarayonini
modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy
rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or xorijiy
tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish sifatini
takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Bo‘lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy, axloqiy,
intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida tarbiyalash “Ona tili
o‘qitish metodikasi” fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Mazkur fan
orqali bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish,
yosh avlodga yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga doir ilmiy-
nazariy, amaliy-metodik bilimlar, zarur ko‘nikma va malakalar hajmini, o‘qituvchi
shaxsida namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan umumkasbiy
va shaxsiy fazilatlarni
muvaffaqiyatli egallashlari kerak.
O‘quv qo‘llanmada ona tili o‘qitish metodikasining umumiy asoslari,
darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida xorijiy ta’lim
tizimida
foydalanish, shuningdek boshlang’ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axbarot
texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan
foydalanishning yo‘l va usullari ko‘rsatib berilgan.
Dostları ilə paylaş: