N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Sh 
tovushini ifodalovchi 
sh
harf birikmasi ham 
s
va 
h
harfi bilan, 
ch
tovushini ifodalovchi 
ch
harf birikmasi 
h
harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. 
O‘quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga 
ko‘nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtab 
o‘tilmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (
b-p, d-t, v-f, g-k, z-s
kabi) haqida 
dastlabki tushunchalar beriladi, ularning talaffuzi va yozuviga e’tibor qaratiladi. 
X
va 
H
tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki 
tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham 
uyushtiriladi. 
Tutuq belgisi (’)
unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, 
undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat 
qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikma 
va malakalar shakllantiriladi.
Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va 
kichik) shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.


23 
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab 
o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini 
aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar 
so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri bo‘la bilsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi 
egallaydilar. 
O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-
sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos 
kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik 
o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar 
muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq 
qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin