N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

O‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi
. O‘zbek tili yozuvi fonematik 
yozuv hisoblanadi. 1993 yildan boshlab o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi 
asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul 
qilindi. 


21 
O‘qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harflar bilan 
tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur. 
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z 
bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, 
tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun 
o‘qish jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni 
yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili 
grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 
1. Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. 
Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘. 
E
harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi 
(ekin, echki, aeroplan)

undoshdan keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi 
(kel, tez)
. Savod 
o‘rgatishda oldin so‘z boshida keladigan 
e
, so‘ngra undoshdan keyin keladigan 

tovush-harfi bilan tanishtiriladi.
O
harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan o tovushini
ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda 
a
tarzida 
(b
o
tanika)

o‘
tovushi kabi 
(t
o
nna)
, qisqa 
i
tarzida 
(trakt
o
r)
talaffuz qilinadi. Shuning uchun 
bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng 
o‘quv jarayoniga kiritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin