24
bo‘g‘inlab o‘qitiladi, so‘zni bo‘g‘in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf
tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o‘quvchilarning idroki, xotirasi,
tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda
fonematik eshitish qobiliyatlarini o‘stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz
qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatish, bo‘g‘in yoki so‘zdan o‘sha
tovushni ajrata olish ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi.
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu
bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-
xil mashqlar o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
Yozuv
jarayonida o‘quvchilar ruchkani to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri
qo‘yishni,
harfni
yozishda
yozuv
chiziqlari,
ular
bo‘ylab
qo‘lni
harakatlantirishni
esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig‘ish-
sig‘masligini mo‘ljallashi lozim. Bu jarayon o‘quvchini aqliy va jismonan
charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va elka muskullari charchaydi.
Shuning
uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o‘tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o‘quvchi ruchkani qog‘oz ustida sekin, ishonchsizlik
bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to‘xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan
chiziqdan
chiqib ketadi, noto‘g‘rilarini bo‘yab, to‘g‘rilaydi. Bunda u
o‘qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo‘li
va boshi yozishda
birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o‘quvchilarning ongli harakat
qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli bu jarayonga o‘qituvchi sabr-qanoat
bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan
to‘g‘ri bo‘lishi savodxonlikning yuksak belgisidir.
Dostları ilə paylaş: