N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


  1-MODUL. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 



1-MODUL. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH 
METODIKASINING UMUMIY MASALALARI 
 
1-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH 
MЕTODIKASI FANINING PRЕDMЕTI VA VAZIFALARI 
Tayanch so‘zlar:
dunyoni bilish, psixolingvistika, pеdagogika tarixi, til, 
nutq, tafakkur, didaktika, lingvistika, lеksikologiya, pеdagogik psixologiya
umumiy pеdagogika, fonеtika, morfologiya, orfoepiya, adabiyotshunoslik, til 
matеriyasi, nutq organlari, til ma'nolari, tilga sеzgirlik, nutqning ifodaliligi, 
og’zaki va yozma nutq, pеdagogik fan, savod o‘rgatish mеtodikasi, o‘qish
mеtodikasi, grammatik va imlo mеtodikasi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish 
mеtodikasi. 
1.1. Ona tili o‘qitish mеtodikasining prеdmеti va vazifalari 
 
Metodika – 
muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy ketma-
ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq 
rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, 
o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir. 
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda 
qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, 
tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. Pedagog 
olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi 
ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog‘liq metod, metodik usullar, 
vosita 
va 
tashkiliy 
chora-tadbirlar 
majmuidir”
1

G.M.Kodjaspirova, 
A.Y.Kodjaspirovlarning fikricha, “O‘qitish metodikasi pedagogik faoliyatni 
amalga oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”
2

O‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi: 
1)
aniqlik; 
1
Столяренко А.М. С81 Психология и педагогика: Учеб.пособие для вузов. — М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004. 
- 423 с. ISBN 5-238-00259-9 
2
Коджаспирова Г. М., Коджаспиров А. Ю. Педагогический словарь. – Academia, 2005. 



2)
asoslanganlik; 
3)
rejalashtirilgan harakatning maqsad va vazifalarga mosligi; 
4)
qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik; 
5)
hayot bilan uyg‘unlik; 
6) natijaviylik. 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi o‘zida 
quyidagilarni aks ettiradi: 
- ta’limning maqsad va vazifalarini – ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, 
tashkiliy; 
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini; 
- ta’lim mazmunini; 
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini; 
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini; 
- o‘quv vositalari; 
- o‘qitish natijasini. 
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, quyida o‘qitish metodikasi 
mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz: 
1) o‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning 
tartiblangan faoliyati; 
2) o‘rganish – anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-
atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari 
o‘zgaradi; 
3) o‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan 
talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati; 
4) ta’lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, 
fikrlash usullari tizimi; 
5) bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson 
g‘oyalari yig‘indisi; 
6) ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, 
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash; 



7) malaka – avtomatlashgan, biror bir 
usul
bilan bexato bajarish, 
ko‘nikmaning takomillashgan darajasi; 
8) maqsad – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida 
qay yo‘sinda safarbar etilishi; 
9) mazmun –o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, 
amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi; 
10) tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga 
zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik 
jarayon; 
11) shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, 
mantig‘i, mazmuni uchun qobiq; 
12) metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) 
yo‘li; 
13) vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi 
materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan 
foydalaniladigan ob’ekt; 
14) natija - o‘quv jarayonining so‘ngi mahsuli, belgilangan maqsadlarning 
amalga oshganlik darajasi. 
15) metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha 
kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy ishlarni bajarish 
tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda ushbu fan bo‘yicha 
talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan 
ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik 
hajmli qo‘llanma. 
Ona tili o‘qitish mеtodikasi-pеdagogik fan, amaliy fan. Chunki u 
nazariyaga asoslanib o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, o‘stirishning amaliy 
vazifalarini bajaradi. Ona tili o‘qitish mеtodikasining prеdmеti ta'lim berish 
sharoitida ona tilini egallash, ya’ni putkni, o‘kish va yozishni, fonеtika, 
grammatika kabilarni bilib olish jarayoni hisoblanadi . 



Ona tilidan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, til haqidagi fanning 
ilmiy tushunchalar sistlmasini o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadi, til 
o‘rganishning eng qulay mеtod va usullarini izlaydi . 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin