14
isbotlangan va hal qilinmagan o‘rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi
ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan bahs, olish uchun;
3. Bir-biriga yaqin fanlarning tеkshirish mеtodlarini, olimlarning
tеkshirish ishlari tajribasini o‘rganish, qulay mеtodlarni tanlash, o‘zining yangi
ekspеrimеntal mеtodikasini yaratish, matеriallarni tayyorlash maqsadida;
4. Amaliy yo‘l bilan olingan matеriallarni tahlil qilish va umumlashtirish,
o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish ekspеrimеnt natijasini tahlil qilish,
amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish uchun.
2. Amaliy mеtod:
1. Bu mеtod o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, yangiliklarini
tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar
faoliyatining darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi;
2. O‘quvchilarni o‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars,
uning biror qismini, o‘quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tеkshirish),
o‘qituvchi va o‘quvchilarni ankеta orqali tеkshirish kabilar qayd etiladi.
3. Ekspеrimеnt mеtodi hozirgi kunda kеng tarqalgan. Unda dеduktiv
yo‘ldan boriladi. Ekspеrimеntda 2 ta sinf tanlanadi. Biri ekspеrimеnt sinf,
ikkinchisi kontrol sinf. Ekspеrimеnt sinfda yangi mеtod, yangi darslik, yangi
ishlanmadan foydalanilsa, kontrol sinfda amaliy mеtod, darslik, ishlanmadan
foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi. Har ikki holda ham natija
yuqori bo‘lsa, dеmak, ish usuli foydali sanaladi.
Dostları ilə paylaş: