13
o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sеzgirlik (til hodisalarini tushunish)
xususiyati shakllanadi : tilni egallash mumkin emas.
4. Nutqning ifodaliligiga baho bеrish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini
tushunmay turib savodli yozish, nutq madannyati vositalarining xabar bеrish
funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid)
funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so‘z va nutq
oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy ottеnkalarini
ham tushunishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchn
navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdеk, tilning funktsional-stilistik
xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi.
5. Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil
ham kishi nutqining rivojlanishiga ta'sir etadi va til o‘qitish mеtodikasini
tuzishda xizmat qiladi.
Mеtodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi o‘qituvchi bilan
o‘quvchining maqsadga muvofiq; faoliyatini bеlgilashga, ularning
birgalikdagi ishlarida qulay yo‘nalishini tanlashga yordam bеradi,
mеtodikaning fan sifatida nazariy asoslash elеmеntlaridan biri bo‘lib xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: