106
O‘quvchilarning ishlarini baholashga alohida e’tibor qilib,
tegishli
ko‘rsatmalar berib borish lozim. O‘quvchilarning bahosi bajarilgan ishning
ostiga qo‘yilishi kerak.
O‘quvchilarning daftarlariga
“Ko‘rildi”, “Xato”
tarzida emas,
“Chiziqdan yoz”, “Harflar orasidagi masofani to‘g’ri saqla”, “Harflarni
bog’lab yoz”, “Qiyaroq yoz”
kabi yozib ko‘rsatish maqul.
O‘quvchilarning
husnixatga, daftar tutishga qiziqishlarini o‘stirish
maqsadida maktab bo‘yicha eng yaxshi tutilgan daftarlarni yig’ib ko‘rgazma
tashkil etish kerak.
Avtoruchka.
Yozuv qurollarining tarixi, xususan ruchka juda qadimga,
miloddan
oldingi davrlarga, qadimgi odamlar g’or devorlariga tosh bilan rasm
chizgan davrlarga borib taqaladi.
Qadimdan
hozirga
qadar
yozuv
qurollarining
mexanizmi
turli
o‘zgarishlarga uchradi. Bu hol odamlarning turmush tarzining o‘zgarishi
bilan
bog’liq holda rivojlandi. Odamlar devorlarda turli xildagi rasmlarni chizadigan
bo‘ldilar.
Buning uchun qirrali toshlar, suyaklardan foydalanar edilar. Bundan
4000 yil oldin shunday edi. Bundan 3000 yil avval yegipetliklar tomonidan
iyerogliflar ixtiro qilindi. Yerogliflarni yozish uchun mo‘yqalamlar yaratildi.
Ana shu mo‘yqalamlar hozirgi ruchkalarning prototipiga aylandi.
Xitoyliklar
mo‘yqalamni sichqon va tuya junidan tayyorlar edilar.
Shu davrda bo‘yoq tayyorlash resepti ham paydo bo‘ldi. Bo‘yoq ixtiro
qilingandan so‘ng yozuv qurollari yanada mukammal bo‘ldi.
107
Endi ruchka o‘rniga bambuk, nay, qamish poyalaridan foydalanar edilar.
Bu o‘simliklarning poyalari bo‘yoqni o‘ziga juda yaxshi ushlar edi va yozishga
qulay edi. Milodiy davrning 600-1800-yillari yozish uchun turli qushlar
qanotining bir parchasi (pat)dan foydalanildi.
Pat o‘simlik poyalaridan ko‘proq va yaxshiroq xizmat qilar edi.
Yozish
uchun asosan yosh g’ozlarning patidan foydalanilar edi. Patni bahor fasli
g’ozlarning chap qanotidan olar edilar. O‘ng qanotdan olingan patlar yozuv
jarayonida xat ustini yopib qo‘yar edi. ХVIII asrda
kelib patlarga ehtiyoj yana
ortdi. Rossiya har yili Angliyaga 27 million pat yuborar edi.
Massachuyetlik Djon D.Laud 1888-yilning oktabr oyida “uchi aylanadigan
ruchka” ixtiro qilib patent oldi.
Uchida sharikchasi bor ruchka bo‘yoqqa botirilar edi. Shu ruchkaning
nusxasi keyinchalik boshqa ruchkalarning yasalishiga asos bo‘ldi. Keyinroq aka-
ukalar Ladislo va Georg Birolar ruchkaning yaxshi nusxasini yaratdilar. Ular
yasagan ruchka uchida ham sharikcha bor edi. Bu sharikcha aylanib o‘zidan iz
qoldirar edi. Ruchka bo‘yog’i muammosi ham ularni ko‘p qiynagan. Ular o‘z
ixtirolarini franso‘z Marselo Bichga sotdilar. 1952- yildan boshlab bo‘yog’i
qurimaydigan va tommaydigan ruchka ixtiro qilindi.
1997- yil shunday ruchka ixtiro qilindiki, bosim bilan
yozishga hojat yo‘q edi.
108
Qalam (karandash – turkcha karadas – “qora tosh“ so‘zidan olingan) 1775-
yil franso‘z Nikolya Jak konte tomonidan ixtiro qilingan. Grafit (karbonning bir
turi), ya’ni qalamning qora bo‘yog’i avvallari temir naychaning ichida solinar
edi. Boshida tillo naychadan foydalanganlar. Bu qalam turi yozish uchun emas,
balki shon – shavkat uchun olib yurilar edi.
Markaziy Osiyoda xat siyohda qalam (qamish qalam, savag’ich qalam)
bilan yozilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan ruchka bilan yozish rasm bo‘la
boshlagan. Shu davrda o‘zbek tilida “
Dostları ilə paylaş: