N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Elektron interfaol doska
– bu sensorli kopyuterga ulangan ekran bo‘lib, 
kompyuterga ishni boshlash uchun interfaol doska yuziga qo‘l tegizsangiz 
bo‘ldi u ishlab ketadi.
SMART Notebook nomli maxsus ta’minlash dasturi esa interfaol 
doskalarda ishlashni osonlashtiradi, matnlar va audio - videomateriallar ustida 
ishlashni ta’minlaydi.
SMART Technologies Inc.
(
www.smarttech.com
) kompaniyasi 1991 yil 
birinchi interfaol doskani chiqardi. Shundan beri 
SMART 
mahsuloti butun 
dunyoda cheksiz muvaffaqiyat qozondi.
Doska (sinf taxtasi) taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi bu elektron 
interfaol doskalar hisoblanadi. Bu doskalar ham xuddi oddiy doskalarga 
o‘xshaydi. Lekin unga har nima yozilsa tezda shaxsiy kompyuter 
ekraniga 


125 
chiqadi. Yozilgan infqormatsiya fayl shaklida saqlanadi hamda printerdan 
chiqarilishi mumkin. Elektron doskalarning eng yaxshi tomoni shundaki unda 
animatsiyalar imkoniyati juda yuqori. Rasm chizish, qo‘shish, ma’ruza 
matnlarini tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash ishlarni rangli va animatsiyalar 
yordamida tez va sifatli bajarish imkoniyati mavjud. 
Rossiyaning umumta’lim maktablarida 1996 yildan beri bu doskalardan 
foydalanadilar. Mazkur doskalardan boshlang’ich sinflarda keng foydalanish 
yaxshi samara beradi. Elektron interfaol doskalar o‘zining katta imkoniyatlari 
bilan kishini lol qoldiradi. O‘quvchi unda oddiy bo‘r bilan emas rangli 
“qalamchalar” bilan yozishi va chizishi mumkin. Bu ishda hech qanday chegara 
yo‘q. O‘quvchilar katta qiziqish bilan bu doskadan foydalanadilar. O‘zlarining
layoqatlarini bu doska orqali namoyon etishlari mumkin. 
Ustozlarimiz uchun ham bu doska katta 
imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Masalan 
boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini 
ushbu doska orqali qiziqarli va samarali tashkil 
etish mumkin.
Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil 
etish birmuncha murakkab. Bu uchun birinchi navbatda tayyorgarlik mashqlarini 
yaxshi tashkil etish zarur. Oddiy doskada tayyorgarlik mashqlarini bajarish 
uchun o‘quvchilarni qora va rangli bo‘rlar bilan ta’minlash lozim. Agar elektron 
interfaol doskadan foydalanilsa bo‘r va lattaga umuman 
hojat qolmaydi. Elektron doskalarda xohlagan narsani 
xohlagan rangda yozish mumkin. Bu ham ortiqcha 
mehnat va pulni tejaydi, tozalik gigienasini ta’minlaydi 
hamda o‘quvchilar qiziqishini yuqori darajada ko‘tarib, 
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan mashqlar ma’lum darajada 
guruhlarga bo‘lib, avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim. 
Masalan, birinchi guruh mashqlarida o‘quvchilar chiziq ustida muayyan 


126 
masofalarda nuqta qo‘yib chiqish mashqini bajarishlari kerak. Bu hol 
o‘quvchilarga zerikarli tuyuladi. SHu bois o‘qituvchi rangli bo‘rlardan 
foydalanib, ular qiziqishini oshirar edi. Elektron doskalarda esa bu ish oddiy tus 
oladi. O‘quvchi nuqtalarni xohlagan rangida yozishi mumkin. Masalan, birinchi 
nuqtani ko‘k rangda, ikkinchisini qizil rangda, uchinchisini yashil rangda va 
hokazo. Tayyorgarlik mashqlari sirasiga turli xildagi geometrik figuralar
bayroqchalar, daraxtlar maketi, turli shakl va hajmdagi tayyoqchalarni chizish 
ham kiradi. Bu ishlarni elektron doskalar yordamida tez va sifatli tarzda 
o‘quvchilarga o‘rgatish mumkin. Masalan doskaning bir burchagida chizilgan 
kichik ilmoqchani sinf oxirida o‘tirgan o‘quvchi yaxshi ko‘rolmasligi mumkin. 
Elektron doska orqali har bir yozilgan va chizilgan narsa xohlagan kattalikda 
ko‘rsatilishi mumkin. Bu imkoniyat husnixat darslari samaradorligini oshirishga 
katta yordam beradi. Mazkur doskalarni osonlik bilan bir necha qismga bo‘lib, 
birdaniga bir necha o‘quvchiga topshiriqni bajartirish mumkin. Bajarilgan 
topshiriqlar kompyuter xotirasiga kiritilib boriladi. U xohlagan vaqtda orqaga 
qaytarilib qayta – qayta ko‘rilishi mumkin. Oddiy doskada esa yozilgan narsa 
o‘chirilsa tamom. Uni qayta ko‘rish imkoniyati yuqoladi. Elektron doskada esa 
uni xohlagan vaqtda qaytadan ko‘rish va tahrir etish imkoniyati mavjud. 
Alifbe davrida bolalarni yozishga o‘rgatish juda muhimdir. Bu davrda 
o‘quvchilarga harf va uning unsurlari amaldagi “Alifbe” kitobida ko‘rsatilgan 
tartibda o‘rgatiladi. 
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat: 
1.
Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 
2.
Harflarni bo‘g’in va so‘zlarda qo‘shib yozish. 
3.
Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish. 
4.
Harflarning qiyaligini va enini to‘g’ri saqlashga o‘rgatish. 
Mazkur ishlarni oddiy doska yordamida o‘quvchilarga o‘rgatish 
o‘qituvchidan katta zahmatni talab etadi. U bu uchun katta hajmda ko‘rgazma 
qurollar tayyorlashi lozim. Agar ushbu ishlar elektron interfaol doskalar 
yordamida o‘quvchilarga tushuntirilsa ham samarasi katta bo‘ladi ham 


127 
o‘qituvchining mehnati ancha yengil bo‘ladi. Ijodkor o‘qituvchi elektron 
doskalardan juda yaxshi foydalanishi mumkin. 
Mazkur doska yordamida “Alifbe” darsligining xohlagan varaqi va yo 
sahifasini o‘quvchilarga kattalashtirilgan holda ko‘rsatish mumkin. Unda har bir 
o‘tilishi lozim bo‘lgan harfni unsurlarga bo‘lib o‘tish imkoniyati nihoyatda 
kattadir.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sinflarda ham o‘quvchilarni chiroyli 
yozishga o‘rgatishga elektron interfaol doskalardan foydalanish mumkin. 
Husnixat darslarini 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin