N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Elektron vositalar – husnixat darslarining samaradorligini oshirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Elektron vositalar – husnixat darslarining samaradorligini oshirish 
omili. 
Informatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi keyingi yillar ichida
insoniyat shaxsining shakllanishiga ma’lum darajada iz qoldirdi. Yangi 
axborotlar, reklamalarning tezda kirib kelishi, televideniyada kompyuter 
texnologiyalarining qo‘llanishi, elektron o‘yinchoqlar va kompyuterlarning keng 
tarqalishi bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada u yaxshi ko‘rgan 
o‘yinlar, sevimli qahramonlari va qiziqishlari ham o‘zgaradi. 
Maktabda o‘qish boshlanganda u ma’lum qulaylikni his etishi mumkin.
Bugungi kunda hali barcha maktablarda texnologik sinflar bor deb bo‘lmaydi. 
Lekin Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga 
oshirishning yo‘nalishlaridan biri “Maktablarni zamonaviy o‘quv va 


122 
laboratoriya uskunalari, kopyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-usubiy 
materiallar bilan ta’minlash.
Eskirgan o‘quv dasturlari va metodik usullar o‘quvchilar bilimining 
pasayishiga olib keladi. O‘qituvchilardan esa o‘qitishning yanada zamonaviy 
usul va vositalarini izlashga undaydi. Bunday vositalardan biri bu kompyuterdir. 
Televizor, videomagnitafon, kitoblar imkoniyatlarni mujassamlashtirib, 
universal o‘yinchoq hisoblanib, turli xil o‘yinlarga qodir bo‘lgan zamonaviy 
kompyuter shu bilan birga bola uchun uning savol va harakatlariga javob bera 
oladigan teng huquqli hisoblanadi. Maktabning o‘quv va o‘quv jarayonidan 
tashqari faoliyatida kompyuterlarning qo‘llanilishi bolada o‘qish motivatsiyasi
o‘sishining va ijodiy imkoniyatlari rivojlanishining samarali xususiyatlaridan 
biridir.
Bir qator pedagoglar boshlang’ich sinf o‘quvchilarida kompyuter 
savodxonligining erishishida ikkilanadilar. Ularning ba’zilari kompyuterlar faqat 
sinfda bolaning e’tiborini chalg’ituvchi yana bir vosita deb hisoblasalar, 
boshqalari esa hisoblash texnikasi sohasida jiddiy professional tayorgarliksiz 
o‘qituvchilarning darslarda kompyuterlardan foydalanishi va kompyuter 
savodxonligiga bolalarni o‘rgatish mumkin emas deb ta’kidlaydilar. 
Uchinchilari esa kompyuterlardan doimiy foydalanish maktabda shunday bir 
holatga olib keladiki, unda insoniyat kompyutersiz sonlarni na qo‘shish, na 
hisoblay olishga qodir bo‘lishi xavfini ifodalaydilar. Yana bir muhim qarshilik 
mavjud bo‘lib, u bolalarning bir-biri bilan kam muloqotda bo‘lishi 
muammosidir. Chunki kompyuter zamonida ular vaqtlarining ancha qismini 
kompyuterda o‘tkazishadi.
Falsafa shundaki, maktabni informatsion asrga adaptatsiyalanishidan 
boshqa chorasi yo‘qdir. Hisoblash texnikasi bilan tanishish bunday 
adaptatsiyaning faqat bir qismi sanaladi. Adaptatsiyaning asosiy maqsadi 
shundaki, bolalarni axborot-ma’lumotlarni qayta ishlashga o‘rgatish, 
topshiriqlarni bajara olishga, insonlar bilan muloqot qilish va jamiyatdagi 
o‘zgarishlar mohiyatini tushinishga o‘rgatish zarurdir. Kompyuter maqsadlari 


123 
matematika, ijtimoiy fanlar, tabiyot va ona tili darslarida amalga oshirilishi 
lozim. Bunday integratsiya 1 yil davomida tugatilishi yoki bir qaysidir loyihani 
amalga oshirilish natijasi bo‘la olmaydi. Aksincha, bu oxiri yo‘q jarayondir. U
o‘quv jarayonini umumiy kompyuterlash maqsadlarining birligini o‘z ichiga 
oladi. Uning amalga oshirilishi ma’muriyat o‘qituvchi va pedagoglarning 
hamkorlik ishi natijasida erishish mumkindir. Kompyuterlashtirishning sotsial 
qirralari, asosiy usullar va vazifalar yechimidagi yondashuvlar, ma’lumotlarni 
qayta kompyuterda ishlash usullari sekin-asta murakkablashadi va matematika, 
tabiyot, ijtimoiy fanlar va ona tili darslarida turli usullar bilan muhokama 
etiladi. Bunday vaziyatda kompyuter o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida axborot-
ma’lumot almashish vositasi bo‘lib qoladi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayonda kompyuterlarning qo‘llanishi diapazoni juda 
katta: kompyuter ham ta’lim obyekti, ham ta’lim vositasi (usuli)dir. Ya’ni 
kompyuterlashtirish ta’limotining 2 yo‘nalishi bo‘lishi mumkin: informatika 
o‘rganish va turli predmetlarni (fanlarni) o‘rganishda undan foydalanish. Bunda 
kompyuter ta’lim, o‘rganish samaradorligining oshirilish usuli hisoblanadi. 
Kompyuter o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini ancha 
kengaytirdi. Rang, grafika, tovush, videotexnikaning zamonaviy vositalarini 
qo‘llash turli holat va muhitni modellashtirishga imkon beradi.
Kompyuter o‘quvchi motivatsiyasini kuchaytiradi. Kompyuterda ishlab 
turib, o‘quvchi topshiriqning yechimini kerakli yordamga tayangan holda 
oxirgacha 
yetkazish 
imkoniga 
ega 
bo‘ladi. 
O‘quvchi bajarayotgan 
topshiriqlarning tiplari anchagina kengayadi: tuzish, dasturlash va hokazo. 
Kompyuter o‘quvchi faoliyati ustidan nazoratni sifatli o‘zgartirishga imkon 
beradi, kompyuter barcha javoblarni tekshiradi, ko‘pgina hollarda esa nafaqat 
xatoni hisobga olib ko‘rsatadi, balki uning paydo bo‘lish sababini o‘z vaqtida 
aniqlab, bekor qilish uchun xarakterini aniq belgilaydi. Kompyuter 
o‘quvchilarga “2” baho qo‘ysa, ular tezda buni tuzatishga shoshiladilar. 
O‘qituvchi o‘quvchini tartib-intizom va e’tiborli bo‘lishga chaqirishi shart emas. 
Chunki ekranda 2-3 daqiqadan so‘ng keyingi topshiriq paydo bo‘ladi.


124 
Kompyuter o‘quvchilarda o‘z faoliyatlari refleksiyasining shakllanishiga 
yorda beradi. Kompyuter texnikasining qo‘llanilishi darsni yanada qiziqarli, 
zamonaviy qiladi, individual o‘rganish sodir etiladi, nazorat va yakuniylarni 
xulosalash, o‘z vaqtida va obyektiv bo‘ladi.
O‘quvchi shaxsining ehtiyojlari, qiziqishlarining rivojlanishi va 
shakllanishi turli usullar bilan, shuningdek tasviriy san’at usullari bilan ham 
amalga oshiriladi. 
O‘quvchilar mustaqil tasviriy faoliyat bilan birga rasmlar, haykallar, 
arxitektura va dekorativ-amaliy san’at asarlarini qabul qilishga tayyor 
bo‘lgandagina muvaffaqiyat bo‘lishi mumkin. 
Boshlang’ich maktab o‘qituvchisi bolalarni o‘qishga o‘rgatishi, ularning 
bilish ehtiyojlarini rivojlantirishi shart. Zaruriy ilmiy asoslarni o‘zlashtirib olish 
uchun bilish vositalarni ta’minlashi lozim. Shuning uchun asosiy maqsadlardan 
biri o‘quv-biluv jarayonlarini rivojlantirishdir. O‘quv-biluv faoliyati biluv 
jarayonlarni, mantiqiy fikrlashni, e’tiborni, xotirani, nutqni, tasavvurni 
rivojlantiradi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu barcha 
jarayonlar o‘zaro bog’liqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin