N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

harflarning
shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozdirishdir
. Har bir harf namunasi 
doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim 
o‘quvchilarga daftarda alohida – alohida ko‘rsatib berilishi lozim. O‘quvchining 
vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllari (harf, bo‘g’in, so‘zlar)ni o‘z 
daftariga to‘g’ri aks ettirishdir. 
O‘qituvchi harf va harf unsurlarini doskada shunday tarzda yozishi 
lozimki, u barcha talabalarga bir xilda ko‘rinib tursin. Bundan tashqari harflarni 
yozayotganda ovoz chiqarib, bolalar diqqatini doskada jalb etib yozishi kerak. 
O‘qituvchi har bir harf elementlarini qayerdan boshlab qayerga tugashini ham 
ovoz chiqarib va ham yozib ko‘rsatishi lozim, toki keyinchalik o‘quvchilardan 
so‘ralganda ular aytib bilishlari va amalda ko‘rsatib olishlari lozim. Shundagina 
bu usul samara beradi. 
Namunaga qarab ko‘chirib yozish usulida 
o‘quvchilar, asosan, 
harflarning shaklini “Yozuv daftari”dagi namunaga qarab ko‘chirib yozadilar. 
Namunaga qarab ko‘chirib yozish tayyor harflarning ustidan yozishga 
nisbatan ancha murakkab bo‘lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo‘llashni 
o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. 
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib 
mashq qilish ixtiyorsiz jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson 
bajaradilar. Ikkinchidan, “Husnixat” daftariga berilgan namunaga qarab 
yozdirish o‘qituvchining vaqtini ancha tejaydi. 
Chiziqli metod.
Chiziqli metod XIX asrning boshlarida qo‘llanila 
boshlangan. Bu metodning qo‘llanilishi bilan turli chiziqli daftarlar chiqarila 
boshlanadi, bu esa o‘quvchilarga harflarni chiroyli hamda bir tomonga bir oz 


141 
moyil qilib yozish uchun ma’lum darajada qulaylik tug’dirdi. Bunday 
daftarlardagi chiziqlar, ya’ni harf turlari bir necha yotiq va qiya chiziqlardan 
iborat bo‘lib, ular kichik va bosh harflarni yozish uchun mo‘ljallanadi. Chiziqli 
daftarlar bir necha xil bo‘lib, har bir turi ma’lum sinflarga mo‘ljallab 
chiqariladi: 
a)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin