ikki chiziqli daftar – kichik harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar
orasidagi masofa 5 mm ga, bosh harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar
orasidagi masofa esa 11 mm ga, qiya chiziqlar orasidagi masofa esa 3,3 mm ga
teng bo‘lib, 1-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan edi. 1970-yildan boshlab
bunday daftar maktablarda qo‘llanmaydigan bo‘ldi.
b)
ikki chiziqli daftar – qiya chiziqlari orasidagi masofa 25 mm ga,
kichik harflar yoziladigan gorizontal parallel chiziqlar orasidagi masofa 5 mm
ga, bosh harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa esa 10 mm ga
teng bo‘lib, 1970-yildan boshlab 1-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etila
boshlandi.
c)
bir chiziqli daftar – parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng
bo‘lib, 1970-yildan boshlab 2-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etildi.
Genetik metod. Mazkur metod harflarni o‘xshash unsurlarini hisobga
olib guruhlarga bo‘lib o‘rgatishga tayanadi. Bu metodning asosiy xususiyati
shundaki, bosh va kichik harflar guruhlarga bo‘lib yozdiriladi. Genetik
metoddan asosan boshlang’ich sinflarning 2- 4- sinflarida foydalanish tavsiya
etiladi.
Genetik metodga asosan harflar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Kichik harflar guruhi: 1-guruh: i, m, n, r, u.
2-guruh: a, e, f, g, o, g’, o‘.
3-guruh: b, d, h, j, y.
4-guruh: k, l, q, p, t.
5-guruh: s, v, x, z.
Bosh harflar guruhi:
142
1-guruh: I, J, L, U.
2-guruh: A, M, N.
3-guruh: E, O, Q, X, O‘.
4-guruh: G, H, K, Y, G’.
5-guruh: B, D, F, P, R, T.
6-guruh; S, V, Z.
Genetik usulda o‘qituvchi, kichik va bosh harflarni guruhlarga ajratish
bilan birga, ularning qanday unsurlardan tuzilganligini va ularning nomlarini
yaxshi bilishi hamda yoza olishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan kichik va bosh
harflar guruhlarini bir-biridan ajrata olgan va ularning shaklini to‘g’ri
o‘zlashtirgan o‘quvchilargina harflarni chiroyli yoza olishlari mumkin.
Mazkur usulni qo‘llashda, o‘qituvchi, harf va uning elementlarini sanoq
bilan yozdirish usulidan (bu usul haqida pastda ma’lumot beramiz) foydalangani
ma’qul. Bu usulni ko‘proq 2-sinfda qo‘llash mumkin.